37. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib qolganida, 38. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 39. Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas. 40. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
372
41. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular). 42. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 43. Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir. 44. Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar. 45. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 46. Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir. 47. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 48. (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir. 49. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir. 51. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir. 53. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!