www.ziyouz.com кутубхонаси
388
MUMTAHANA SURASI Mumtahana - imtihon qilinuvchi ayol.
Surada mushriklardan qochib Madinaga hijrat qilib keluvchi ba'zi ayollarni haqiqiy mo'mina ekanligini sinab
ko'rish lozimligi, musulmonlarga qarshi urushmayotgan, quvg'in qilmayotgan g'ayri dinlar bilan yaxshi
muomalada bo'lish joizligi kabi tavsiyalar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Ey, imon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz bo'lmish mushriklarni do'st tutmangizlar! Sizlar ularga do'stlik (haqida xabar) yuborursizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan Haq (din va Qur'on)ni inkor etgandirlar. (Ya'ni,) ular payg'ambarning va sizlarning Rabbingiz bo'lmish Allohga imon keltirganlaringiz sababli (o'z diyorlaringizdan) haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yo'limda jihod qilish uchun va Mening roziligimni istab chiqqan bo'lsangizlar (ularni do'st tutmangizlar)! Sizlar ularga pinhona do'stlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar yashirgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchidirman. Sizlardan kimki shu (ish)ni qilsa, bas, aniqki, u to'g'ri yo'ldan ozibdi. Izoh: Payg'ambar (a. s.)ga xiyonat qilib Makka zodagonlariga yashirincha xat yozgan Xotib ibn Baltaa uzr aytganda, uzrini qabul etganlar. Lekin bu ish boshqalarga ibrat bo'lishi uchun oyatda ogohlantirilmoqda. 2. (Ey, mo'minlar,) agar ular (mushriklar) sizlardan ustun kelsalar, dushmanlaringiz bo'lurlar va sizlarga qo'l va tillarini yomonlik bilan cho'zurlar. Yana ular sizlarni kofir bo'lishlaringizni istarlar. 3. (Qiyomat kunida) sizlarga qarindoshlaringiz ham, farzandlaringiz ham sira foyda bermas! Qiyomat kuni (Alloh) o'rtalaringizni ajratib qo'yar. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir. 4. Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo'lgan kishilarda go'zal namuna bordir. Qaysiki, ular o'z