Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
390
SAF SURASI
Saf
- saf tortish, qator turish.
Surada Muso va Iso (a. s.)larning o'z qavmlaridan ozorlanishlari, Alloh yo'lida jihod
qilish va boshqa muhim
ma'lumotlarni o'qiysiz.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. U qudrat va hikmat sohibidir.
2. Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?!
3. Sizlarning o'zlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz, Alloh nazdida katta nafrat
(boisi)dir.
4.Albatta, Alloh O'zining yo'lida go'yo tutash binolardek saf tortib, jang qiladigan zotlarni sevar. Eslang,
Muso o'z qavmiga: "Ey, qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga (yuborgan) payg'ambari
ekanimni bila turib, ozor berursizlar?" - degan edi.
5. Bas, qachonki, ular (Haq yo'lidan) og'ishgach, Alloh ularning dillarini (hidoyatdan) og'dirib qo'ydi.
Dostları ilə paylaş: