Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
392
JUM'A SURASI
Surada bir necha muhim ma'lumotlar qatorida jum'a namozining
ahamiyati, unga azon aytilganda,
savdoni
to'xtatib uning sari ravona bo'lish lozimligi, Tavrot va Injilga amal qilmagan ahli
kitoblar tanqidi va boshqa
eslatmalar aks ettirilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa (mutlaq) podshoh, (nuqsonlardan) pok, qudrat va hikmat sohibi
bo'lmish Allohga tasbeh aytur.
2. U (Alloh) omiylar (savodsiz kishilar) orasiga o'zlaridan bo'lgan, ularga (Uning) oyatlarini tilovat
qiladigan, ularni (shirk va jaholatdan) poklaydigan hamda ularga Kitob (Qur'on) va Hikmat (Hadis)ni
o'rgatadigan (bir) payg'ambarni (Muhammadni) yuborgan zotdir. Haqiqatan, ular payg'ambar
kelishidan) ilgari aniq zalolatda edilar.
3. (Alloh uni) yana ulardan boshqalarga - ularga yetisha olmagan (dunyoga keyin keladigan insonlarga
ham yubordi). U qudrat va hikmat sohibidir.
4. Bu Allohning fazlidirki, uni O'zi xohlagan kishilarga berur. Alloh ulug' fazl sohibidir.
5. Tavrot yuklatilgan (berilgan), so'ngra uni ko'tara olmagan (unga amal qilmagan) kimsalarning misoli
Dostları ilə paylaş: