qavmlariga: "Bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor etdik. Toki, sizlar yolg'iz Allohga imon keltirmagunlaringacha, sizlar bilan bizning o'rtamizda mangu adovat va nafrat paydo bo'ldi", - dedilar. Faqat Ibrohimning o'z otasiga: "Albatta, men (Allohdan) sen uchun mag'firat so'rayman, (lekin) senga Alloh tomonidan bo'ladigan biror narsani (azobni) qaytarishga molik emasman", - degan so'zi bundan mustasnodir. (Ibrohim va birga bo'lgan mo'minlar duosi bu edi): "Ey, Rabbimiz, Sengagina tavakkul qildik, O'zingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir. 5. Ey, Rabbimiz, Bizni kofir bo'lgan kimsalarga aldanuvchi qilib qo'ymagin, bizni mag'firat etgin! Ey, Rabbimiz, albatta, Sen O'zing qudrat va hikmat sohibidirsan." 6. Darhaqiqat, sizlar uchun - Alloh va oxirat Kunidan umidvor bo'lgan kishilar uchun - ularda (mazkurlarda) go'zal namuna bordir. Kimki yuz o'girib ketsa, bas, albatta, Alloh (har narsadan) behojat va hamdga loyiq zotdir. 7. Ehtimol, Alloh sizlar bilan sizlar dushman tutib yurgan kimsalar o'rtasida - (ularni Islomga kiritib) do'stlik paydo qilib qo'yar. Alloh qodirdir. Alloh kechirimli va rahmlidir. 8. Dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o'z diyorlaringizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo'lishlaringizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatlilarni sevar. 9. Alloh sizlarni faqat dinlaringiz to'g'risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o'z diyorlaringizdan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
389