(haydab) chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalar bilan do'stlashishlaringizdan qaytarur. Kimki ular bilan do'stlashsa, bas, ana o'shalar zolim kimsalarning o'zidir. 10. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (Makka kofirlari tomonidan) mo'minalar hijrat qilib kelsalar, sizlar ularni imtihon qilib ko'ringlar! Alloh ularning (dillaridagi) imonlarini yaxshi biluvchidir. Bas, agar ularning (haqiqatan) mo'mina ekanliklarini bilsangizlar, u holda ularni kofirlarga qaytarmanglar! Bular (ular) uchun halol emas va ular bular uchun halol emasdir, ularga sarflagan mahrlarini erlariga (qaytarib) beringlar! Qachonki, ularga (erlariga) mahrlarini bersangizlar, ularni nikohlaringizga olishda sizlarga gunoh yo'qdir. (Shuningdek), sizlar ham kofiralarning qo'llarini tutmanglar!* O'zlaringiz sarflagan mahrni talab qilinglar va ular ham sarflagan mahrlarini (mo'minlardan) talab qilsinlar! Bu Allohning hukmidir. U sizlarning o'rtangizda hukm qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir. Izoh: Ya'ni kofira xotinlaringiz kofirlar bilan qolishni istasalar, qarshilik qilmangizlar. Izoh(a): "Bu Allohning hukmidir" oyatigacha mahrni qaytarib olishga doir hukmlar mansux bo'lgan, ya'ni amaldan qoldirilgan. (Madorik tafsiri). 11. Agar juftlaringizdan birortasi kofirlar tomoniga o'tib ketsa-yu, (mahrini uning eriga qaytarmasalar) so'ng sizlar jazolasangizlar (va o'lja olsangizlar,) u holda juftlari (kofirlar tomoniga o'tib) ketgan kishilarga ular sarflagan mahr miqdorini beringlar va o'zlaringiz imon keltiruvchi bo'lgan Allohdan qo'rqinglar! 12. Ey, Payg'ambar, qachonki, Sizning oldingizga mo'minalar kelishib, Sizga o'zlarining Allohga biror narsani sherik qilmasliklariga, o'g'irlik qilmasliklariga, zino qilmasliklariga, o'z bolalarini