Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
412
NUH SURASI
Surada Nuh (a.s.)ning o'z qavmlarini imonga da'vat qilgan kezlarida ulardan ko'rgan jabru jafolari va oxiri
tavfiq topmagan kofir qavmlarining tug'yoni avj olib ketgandan keyin ularning haqlariga duoi bad qilganlari
to'g'risida oyatlar bayon etilgan. Rivoyatlarga ko'ra, Nuh (a.s.) 950 yil payg'ambarlik qilganlar. Axiri Alloh
tomonidan to'fon balosi yuborilib, kufr va zulm egalari tamomila halok etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Haqiqatan, Biz Nuhni: "Qavmingni ularga alamli azob kelmay turib ogohlantirgin", - deb o'z qavmiga
(payg'ambar qilib) yubordik.
2. U dedi: "Ey, qavmim, albatta, men sizlarga (yuborilgan) aniq ogohlantiruvchidirman.
Dostları ilə paylaş: