3. Allohga ibodat qilinglar, Undan qo'rqinglar va menga itoat etinglar, 4. (shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan o'tar va sizlarni belgilangan muddatgacha (ajalingiz yetgunicha tirik) qoldirar. Agar biluvchi bo'lsangizlar, Allohning muddati kelganda, aslo kechga qoldirilmas". 5. (U) dedi: "Ey, Rabbim, men qavmimni kecha-yu kunduz (imonga) da'vat etdim. 6. (Ammo) mening da'vatim ularga faqat (imondan) qochishni ziyoda qildi, xolos. 7. Darvoqe, har gal men ularni Sening mag'firatingga (din yo'liga) da'vat etsam, ular (eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga o'ralib oladilar va (o'z kufrlarida) qattiq turib oladilar hamda (menga itoat etishga) kibr qiladilar. 8. So'ngra men ularni oshkora da'vat etdim. 9. So'ngra men ularga (o'z da'vatimni) (ochiq) e'lon ham qildim, pinhona qilib ham aytdim. 10. Bas, dedimki: - Rabbingiz (Alloh)dan mag'firat so'rangizlar, albatta, U o'ta kechirimli zotdir. 11. (Shunda U) ustilaringizga osmondan yomg'ir yog'dirur, 12. sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog'lar (ato) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur. 13. Nega sizlar Allohni ulug'lashni (ibodat qilishni) o'ylamaysizlar?! 14. Holbuki, U sizlarni bosqichma-bosqich yaratgan bo'lsa?! 15. Ko'rmadingizmi, Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratdi. 16. Oyni ular ichida nur qilib, quyoshni esa chiroq qilib qo'ydi. Izoh: Tafsirlarda yozilishicha, oy birinchi, quyosh esa to'rtinchi osmonlarda nur va ziyo taratib turadilar. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan qilingan rivoyatda aytilishicha, oy ham, quyosh ham yuz (old) tomonlari osmonlarga, orqa tomonlari yerga qarab turar emish. Vallohu a'lam (Madorik tafsiri).