Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bizlar (farishtalardan vahiyni eshitib olish uchun) osmonga daxldor bo'lgan edik, uning kuchli



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə679/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
8. Bizlar (farishtalardan vahiyni eshitib olish uchun) osmonga daxldor bo'lgan edik, uning kuchli 
qo'riqchi (farishta)lar va (jinlarga otiluvchi uchar) yulduzlar bilan to'la ekanligini ko'rdik.
 
9. Biz (ilgari) undan (osmondan ba'zi) joylarga (farishtalar so'zlarini) eshitib olish uchun o'tirib olar 
edik. Endi hozir (Muhammad payqambar bo'lgach,) kimki (qaysi jin) tinglamoqchi bo'lsa, o'zini kuzatib 
turgan bir (uchar) yulduzni topar. 
 
10. Biz yerdagi kishilarga (Alloh tomonidan) yomonlik iroda qilinganmi yoki Parvardigorlari ularga 
to'g'ri yo'lni iroda qilganmi, bilmasmiz.
 
11. Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek) oramizda undan berilar 
(yomonlar) ham bordir. Bizlar (ilgari) turli-tuman yo'llarda edik.
 
12. Bizlar yana (Qur'onni eshitganimizdan so'ng) bildikki, yer (yuzi)da Allohni ojiz qoldira olmasmiz va 
Undan (jazosidan) qochib qutila olmasmiz.
 
13. Biz Hidoyatni (Qur'onni) eshitdigu unga imon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga imon keltirsa, 
demak, u (yaxshiliklarning) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarning) ortib ketishidan ham xavfi 
bo'lmas.  
14. Oramizda musulmonlar ham bor, (shuningdek) oramizda (yo'ldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki 
musulmon bo'lsa, demak, aynan o'shalar to'g'ri yo'lni maqsad qilib olibdilar.
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
415
15. Ammo (yo'ldan) ozganlarga esa, bas, ular jahannamga o'tin bo'luvchi kimsalardir".
 
16. Albatta, agar ular (To'g'ri) yo'lda ustivor turganlarida, albatta, Biz ularni serob qilgan bo'lur edik. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   675   676   677   678   679   680   681   682   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin