Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
414
JIN SURASI
Surada bir guruh jinlar toifasi Rasululloh huzuriga kelib, Qur'on tilovatini tinglab, so'ng imon keltirganlari,
umuman jinlar bilan insonlar o'rtasidagi munosabatlar, ularning samoviy vahiylarga aloqasi va boshqa muhim
ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, Muhammad (a.s.) insonlarga ham, jinlarga ham barobar
payg'ambar etib yuborilganlar. Binobarin, jinlar ichida ham mo’minlari va kofirlari, yaxshilari va yomonlari
bor. Eng yovuzlarini shaytonlar deb ataladi. Jinlar olovdan, farishtalar nurdan yaratilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (Qur'on tilovatimni) eshitib,
(o'z qavmlariga borib), dedilar: "Darhaqiqat, bizlar ajib bir Qur'onni eshitdik.
2. U to'g'ri yo'lga hidoyat qiladi. Bas, darhol unga imon keltirdik. Bizlar (endi) Rabbimizga hech kimni
sira sherik qilmasmiz.
3. Albatta, buyukligi oliy bo'lmish Rabbimiz biror juft va yo farzand tutgan emasdir.
4. Albatta, bizlarning ichimizdagi ablah (iblis) Alloh sha'niga ("Uning xotini va farzandi bor", - deb)
tutruqsiz so'z aytar edi.
5. Yana ins ham, jin ham Alloh sha'niga sira yolg'on so'zlamas, deb o'ylar edik.
6. Insdan bo'lmish (ayrim) kishilar jindan bo'lmish kimsalardan panoh tilashar, ularga esa yanada
haddan oshishni ziyoda qilur edilar.
7. Albatta, ular (insonlarning kofirlari) ham xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kimsani
qayta tiriltirmas, deb gumon qilganlar.
Dostları ilə paylaş: