17. Bu bilan ularni sinagan bo'lur edik. Kimki Parvardigorining zikridan (Qur'ondan) yuz o'girsa, (U) uni qattiq azobga yo'llar. 18. Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (majidlarda) Alloh bilan qo'shib yana biror kimsaga duo (ibodat) qilmangizlar! 19. Yana Allohning bandasi (Muhammad) Unga ibodat qilib turganida, ular (jinlar Qur'on eshitish uchun) uning ustida g'uj-g'uj bo'lib yiqila boshladilar. 20. (Ey, Muhammad kofirlarga) ayting: "Men faqat Rabbimgagina ibodat qilurman va Unga hech kimni sherik qilmasman". 21. Ayting: "Men sizlarga zarar va (yoki) to'g'ri yo'l (berish)ga molik emasdirman". 22. Ayting: "Albatta meni Alloh(ning azobi)dan biror kimsa himoya qila olmas va men Undan o'zga panoh ham topa olmasman. 23. (Men) faqat Alloh tomonidan yetkazishga va Uning elchilik vazifalarigagina (egadirman). Kimki Alloh va Uning payqambariga itoatsizlik qilsa, bas, albatta, unga jahannam olovi bordirki, (ular) o'sha joyda mangu qolurlar. 24. O'zlariga va'da qilinayotgan azobni ko'rganlaridan keyingina kimning yordamchisi zaifroq va sanog'i ham ozroq ekanini bilajaklar". 25. (Ey, Muhammad, kofirlarga) ayting: "Sizlarga va'da qilinayotgan azob yaqinmi yoki Rabbim unga (uzoqroq) muhlat qilganmi, bilmasman." 26. (U) g'aybni biluvchidir. Bas, O'z g'aybidan biror kimsani xabardor qilmas. 27. Faqat O'zi rozi bo'lgan (tanlagan) payqambarnigina (O'zining ba'zi qaybidan ogoh etar). Bas, albatta, U (Alloh) (har bir payg'ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatuvchi (farishta) yo'llar. 28. Toki (payg'ambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (ummatga) yetkazganliklarini bilish