Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə671/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   667   668   669   670   671   672   673   674   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
407
19. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni 
o'qinglar.
 
20. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der.
 
21. Bas, u qoniqarli maishatda,
 
22. oliy jannatda,
 
23. mevalari yaqin (joyda) bo'lur.
 
24. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-
ne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur).
 
25. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa, 
 
26. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam!
 
27. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa!
 
28. Menga mol-mulk ham asqotmadi.
 
29. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi".
 
30. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar!
 
31. So'ngra uni olovda toblanglar! 
 
32. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!"
 
33. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi.
 
34. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.  
35. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir.
 
36. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir.
 
37. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar.
 
38. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga
 
39. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,
 
40. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir!

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   667   668   669   670   671   672   673   674   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin