19. Bas, (tunda) ular uyquda bo'lgan chog'larida, u (bog') uzra Parvardigoringiz tomonidan bo'lmish aylanuvchi (ofat - olov) aylandi. 20. Bas, (hosil) yig'ilgandek bo'lib qoldi (bog' kuyib kul bo'ldi). 21. Erta tongda turishib, bir-birini chaqirishdi: 22. "Agar (hosilni) uzmoqchi bo'lsangizlar, ziroatgohingizga bora qolinglar", - (deb). 23. So'ngra shivirlashib jo'nadilar. 24. "Bugun (bog'da hosil terayotgan vaqtda) ustilaringizga biror miskin kirib qolmasin-da", - der edilar. 25. Ular (o'zlaricha mazkur) g'arazga qodir bo'lgan hollarida tong-saharlab bordilar. 26. Bas, qachonki, uni (kulga aylangan bog'ni) ko'rishgach, (avval): "Shubhasiz, bizlar (yo'ldan) adashib qoldik (ya'ni, boshqa boqqa kelib qoldik)", - dedilar. 27. (So'ngra:) "Yo'q, bizlar (bog'imizdan) mahrum bo'libmiz" (dedilar). 28. (Shunda) ularning o'rtaholrog'i: "Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytmaysizlarmi (hosil shukronasiga kambag'allar ulushini bermaysizlarmi) demaganmidim?" - dedi. 29. Ular (kech bo'lsa-da): "Rabbimizga tasbeh aytamiz. Haqiqatan, bizlar (o'zimizga) zulm qiluvchi bo'ldik", - dedilar. 30. So'ngra ular bir-birlariga qarab, malomat qila boshladilar. 31. (Ular) dedilar: "Holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi bo'ldik. 32. Shoyadki, Rabbimiz bizlarga u (bog')dan ham yaxshirog'ini almashtirib bersa. Bizlar, albatta, Rabbimiz sari intiluvchidirmiz". 33. Azob mana shunday! Agar bilsalar, albatta, oxirat azobi yanada kattaroqdir. 34. Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir.