www.ziyouz.com кутубхонаси
403
QALAM SURASI Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z
payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik
qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar
mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Nun. Qalam va (u bilan) yozishadigan narsa (bitik)larga qasamki, Izoh: Bitadiganlar farishtalar yoki insonlar bo'lishi mumkin. Har ikki tafsir ham o'rinlidir. 2. (ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning ne'mati bois majnun emasdirsiz! 3. Albatta, Sizga (sabr qilganingiz uchun) tuganmas mukofot bordir. 4. Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz! Izoh: Buyuk xulqning ma'nolari haqida turli tafsirlar bor. Avvalo xulq bu yerda o'zining asl ma'nosida ishlatilgani ma'qul. Hadisi sharifda Rasulullohning o'zlari: "Men makorimi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman", - deganlar. Siyrat va shamoillarga doir asarlardagi ma'lumotlar ham shunga dalolat qiladi. Xullas, Muhammad (a. s.) komil inson, buyuk xulq egasi deb atalishiga loyiq ekanliklarida hech qanday shubha bo'lishi mumkin emas. Boshqacha tafsir qiluvchilar bu oyatdagi buyuk xulqdan murod - Qur'on yoki ulug' din, ya'ni, islom dini deb yozadilar. Har holda o'quvchi bulardan qaysinisi munosibroq ekani to'g'risida o'zi ham fikr yuritar degan umiddamiz. 5. Hali yaqinda ko'rajaksiz va ular ham ko'rajaklar 6. qaysilaringiz (Sizmi yoki ularmi) maftun (majnun) ekaningizni . 7. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat