22. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri yo'lda yuradigan kishimi?! 23. (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar". 24. Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga to'planursizlar". 25. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - derlar. 26. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman. 27. Bas, qachonki, ular (Qiyomatda azobni) yaqin holda ko'rishgach, u kofirlarning yuzlari shuvit bo'lur va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur. 28. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni (sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?! 29. Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar". 30. Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni