Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
404
Izoh: Bu oyatlardagi salbiy sifatlar mashhur kofir Valid ibn Mug'iraga mansubdir. Darhaqiqat, u Badr jangida
"tumshug'idan tamg'alanadi", ya'ni burnidan qilich yeb, so'ngra shu chandig'i bilan yuradi. Keyingi oyatlarda
Yaman diyorida bir saxiy bog'bon bo'lib, u har yili kuzda mevalarni terish uchun kambag'al-miskinlarni taklif
etib, daraxtdan tergani bog'bonga, yerga tushgani teruvchilarga deb ularni siylar ekan. U olamdan o'tgach,
farzandlari baxillik ko'yiga kirib xatoga yo'l qo'yganliklari to'g'risida so'z boradi.
17. Darhaqiqat, Biz ularni (Makka ahlini) bog' egalarini sinaganimizdek sinovga soldik. O'shanda ular,
albatta, uni (bog' hosilini) erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.
18. Lekin, istisno qilmagan edilar (Xudo xohlasa, demagan edilar).
Dostları ilə paylaş: