Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
405
37. Yoki sizlarda (osmondan tushirilgan) biror kitob bo'lib, undan o'rganayapsizlarmi?!
38. Unda sizlar uchun o'zlaringiz xohlagan narsa bormi?!
39. Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: "O'zlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki bo'lur", - degan
to qiyomat kunigacha yetuvchi qasamlar (ahd-paymonlar) bormi?!
40. (Ey, Muhammad,) ulardan so'rang-chi, qaysilari bunga (da'volarining haq ekanligiga) kafil bo'la olar
ekanlar?!
41. Yoki ularning sheriklari bormi?! U holda rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini keltirsinlar!
42. "Boldirlar ochiladigan" (ishlar mushkillashadigan) va sajda qilishga chorlanishganda, (sajdaga)
kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)!
43. (O'shanda) ko'zlari quyida va ularni xorlik egallagan holda bo'lurlar. Ular sog'lom bo'lgan hollarida
sajda qilishga chorlanar edilar (ammo undan bosh tortar edilar).
44. Bas, (ey, Muhammad,) ushbu So'zni (Qur'onni) yolg'onga chiqaradigan kimsalarni Menga qo'yib
bering! Yaqinda Biz ularni o'zlari bilmaydigan (sezmaydigan) tomondan darajama-daraja tutgaymiz
(halokatga duchor qilajakmiz)!
45. Men ularga muhlat berib turaman. Zero, Mening "makrim" juda qattiqdir.
46. Yoki Siz (ey, Muhammad, da'vatingiz uchun), ulardan haq so'rayapsiz-u, ular qarzdan
og'irsinayaptilarmi?!
Dostları ilə paylaş: