Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
401
ham biluvchidir.
14. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir.
15. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida
(sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib
chiqish Uning huzurigadir.
16. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga
(yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?!
17. Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda),
Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!
18. Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas,
Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?!
19. Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U
(qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir.
20. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar
faqat mag'rurlikdadirlar.
21. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular
(kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.
Dostları ilə paylaş: