www.ziyouz.com kutubxonasi
121
oyda ro’za tutish, tavba qilish va hokazo savobli ishlar qilinadi. Rajab – ekin ekish, uni
parvarish etish oyi bo’lsa, ramazon hosilni yig’ishtirib olish oyi deganlar. Demak, rajab
oyi bizni ramazonga tayyorlaydigan bir mavsumning ilk odimi ekan.
Ramazon – o’n bir oyning sultoni. Unga inson to’satdan kirmaydi, balki, o’zini tayyorlab,
hozirlanib kiradi. Shuning uchun ham «Rajab oyi – tavba oyi», deganlar. Qul nima
qiladi? «Yo, Rabbi! Men tushunmadim, xato qildim, bilolmadim, aybdorman, qusurim
bor, meni kechir...», – deb xatosini e’tirof etib, Janobi Haqning yo’liga kiradi.
Sha’bon – ibodatlarda davom etish oyi. Ramazon esa – mukofotlarni olish oyi.
Shuningdek ularning o’zaro aloqadorligi turlicha bayon qilingan.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha, rajab shahrullohdir.
«Shahr» – arabchada «oy» degani. Shahri ramazon – ramazon oyi, shahri rajab – rajab
oyi degani. Rajab – Allohning oyi. Tabiiyki, butun oylar, butun yillar, butun zamonlar,
butun makonlar, butun borliqlar, butun insonlar – hamma narsa Allohga tegishli.
Hamma narsa Allohniki bo’lganidan keyin «Rajab – Allohning oyi», – deyishdan maqsad
nima? Bu: «Rajab – Alloh taolo hazratlari o’z bandalarini ko’p mag’firat qiladigan, ko’p
afv etadigan, tavba qilgan qullarini kechiradigan oy», – degani.
Shu jihatdan Allohning qullariga tavba, afv etish, mag’firat qilish eshiklarini ochadigan
bir oyning eshigidan kirgan bo’lamiz. Buni eslatish men uchun ham, siz uchun ham ko’p
foydalidir! Chunki o’zimizni tartibga solishimiz – hisoblarimizni qilib, savob va
gunohlarimizni o’lchab, xatolarimizni tan olib, bo’ynimizni egib, Allohga yolvorib tavba
qilish fursati kelgan bo’ladi. Buni bajaramiz.
Bizning musulmon bo’lishimiz faqatgina o’zimiz uchun emas, butun Ummati
Muhammadiy uchun, ona vatanimiz uchun lozim, dunyo uchun lozim!.. Bizning yaxshi
musulmon bo’lishimiz, boshqalarning ham haqni eshitib-o’rganishi, Janobi Haqning
yo’lini tushunib (agar biz yaxshi tushuntira olsak, albatta) Uning yo’liga kirishi uchun bir
sabab bo’ladi.
Ma’lumki, jum’a kechasi munavvar bir kecha bo’lgani uchun Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam unga «Al-laylatul g’arro» – (Munavvar, nurli kecha) deb bejiz
aytmaganlar. Shu bois jum’a kechasini qadrlash kerak. Qolaversa, har kechani Allohning
rizosiga muvofiq o’tkazmoq kerak.
Biz bugun Rajab oyining birinchi kechasida turibmiz, ya’ni muborak kecha, bu
birinchidan. Ikkinchidan, bugun jum’a kechasi, yuqorida aytganimizdek muborak
kechalardan. Uchinchidan bugun rajabning ilk jum’a kechasi, ya’ni rag’oyib kechasi.
Demak, biz bugun uch muborak kechani qutlayapmiz.
Rag’oyib – bu ilohiy mukofotlar, iltifotlar, izzat-ikromlarga rag’bat etish demakdir. Bu
kechani bedor o’tkazib, toat-ibodatlar bilan jonlantirgan kishi Allohning ajri
mukofotlariga erishgani uchun farishtalar unga «Laylatur-rag’oyib» (rag’oyib kechasi)
deganlar.
Endi mazkur muborak kechalarni qanday qilib o’tkazish kerakligi xususida to’xtalsak.
Albatta, bunday munavvar, barakotli kechalarni toat-ibodat bilan zikru tasbehot bilan