www.ziyouz.com kutubxonasi
123
chiqib, azon aytdi. Jamoat bo’lib namoz o’qidik, keyinroq eshitdikki, ayollar: «Xudoga
shukur, qishlog’imizda azon aytildi», – deb yig’lagan ekanlar.
Ikkinchisi: kechasi uyquga yotayotib yangi tahorat olib, ikki yoki to’rt rakat namoz o’qib,
tahorat bilan uxlashlik ham kechaning ihyosidir. Nega? Chunki Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam hadisi shariflarida aytadilarki: «Bunday qulning ichki kuylagi bilan terisi
orasida bir farishta bo’ladi, yo Rabbi! Bu quling toza yotdi, tahoratli yotdi, sen uni
mag’firat qil! – deb duo qiladi». Bilmagan bilmas, ko’rmagan ko’rmas, ko’rgan
gapirmoqda, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytmoqdalar.
Keyin amal daftarini yozuvchi farishtalar, u qulni bomdodgacha ibodat qildi, – deb amal
daftariga savob yozadi. Tahoratli yotdi, deb qator-qator ibodat savobi yoziladi insonning
daftariga». Bu ham Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytgan narsalar.
«Samodan maloikalar u kishining tahoratli yotib uxlaganligini, vujudini ma’naviy
tomonidan, ruhoniyatidan ko’radilar. U qulning atrofida g’uj bo’lib to’planadilar» – deb
aytmoqdalar sayyidimiz. Ya’ni, maloikalar tahoratli yotganligi uchun u kishining atrofini
gavjumlashib o’rab olishar ekan.
Kechaning asl ma’nodagi ihyosi – bu biroz uxlagandan keyin tun yarmida turib, Alloh
rizosi uchun tahorat olib, namoz o’qish hisoblanadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam aytadilar:
«Kechasi turib o’qilgan ikki rak’at namoz dunyodan va uning ichidagi hamma narsadan
ham xayrli». Buni bizga Hazrat rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytmoqdalar.
Gapiruvchilarning eng to’g’ri so’zlovchisi, Allohning habibi adibi; U zotni so’zlariga
ishonamizmi, muhtaram birodarlar? Shak-shubhasiz! So’zning, kalimalarning ma’nolarini
tushunishimiz lozim! «Dunyoda va dunyodagi hamma narsadan xayrliroqdir», –
demoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam. Nega? Chunki «Shammatun min
ma’rifatulloh». Ma’rifatullohning hididan boxabar bo’lamiz, ma’rifatulloh tomon qadam
tashlagan bo’lamiz.
Kechasi turasiz, tahorat olasiz, xonangizda sizdan boshqa hech kimsa yo’q, yolg’izsiz.
Birovga ko’z-ko’z qilish ehtimoli yo’q. Riyokorlik ehtimoli yo’q. Xolis Rabbingizga
yo’nalasiz, Olamlarning Rabbisi. Alhamdu lillohi rabbil olamin. Qanday muhtasham
kalima! Ulkan koinotning sohibi, yaratuvchisi Alloh taoloning devonida turibsiz.
«Senga hamd bo’lsin, ey Rabbim!» – deysiz. Ruku’ qilasiz, sajda qilasiz. Ibodatning
mazasini totiy boshlaysiz.
Agar biror kishi uni kuzatib tursa, uyaladi, siqiladi, hatto ko’rsatishni xohlamaydi,
qilmoqchi bo’lsa ham qilmaydi. Ammo kechasi yolg’izsiz, hech kimsa yo’q.
Joynamozingizga yopishasiz, yig’laysiz, ko’z yoshlaringizni to’kasiz. Sajda qiladigan
yeringiz nam bo’ladi. «Ey, Allohim!» – deysiz. Juda ham qiymatli bu tuyg’ular insonni
avliyolik darajasiga yetkazadi. Bu his-tuyg’ular insonni boshqalarga eng chiroyli shaklda
xizmat qiladigan martabaga ko’taradi. Bu zavqni inson kechasi turgan vaqtidagina
topishi mumkin.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga shunday amr bo’ldi: