Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
122
ihyo qilish – bedor o’tkazish zarur. Birinchidan, o’sha kecha xufton namozi va ertalab 
bomdod namozini jamoat bilan ado etish kerak. Bu nafaqat kechaning balki butun 
kunning fayzli o’tishini ta’minlaydi. Tongga qadar, shomga qadar ibodat qilganning 
savobini oladi. Shuning uchun Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Bu ikki 
namozni masjidda ado etishga harakat qiling», – deganlar. Chunki, bu ikki namoz 
vaqtlarida inson faoliyati susayadi. Nafs va shayton u insonni «ko’p charchading, 
masjidga bormay, uyingda namozingni o’qib qo’yaqol», – deb vasvasaga soladi. Issiq 
yotog’idan turib masjidga borib jamoat bilan namoz o’qishiga to’sqinlik qiladi. 
Shu bois Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «Munofiqlar bu ikki namozni 
bajarishda qiynaladilar», – deganlar. Bu ikki namozni masjidda jamoat bilan ado etish 
komil, mo’min-musulmonlarning ishidir. 
Zero, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: 
«Jamoat bilan namoz o’qishning savobi yigirma yetti barobar ortiqdir». Mahalla 
masjidida namoz o’qisa shunday. Katta jome masjidlarida o’qilgan namozga esa ellik 
barobar savob beriladi. 
Yana bir xususni eslatib o’tmoqchiman. Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam deydilar: 
Ya’ni, «Bir yerda beshta musulmon uyi bo’lsa, besh uyning birlashgan joyida azon 
aytish, iqomat keltirib, jamoat bilan namoz o’qish lozim. Agar azon aytilmasa, iqomat 
keltirmay, namozni jamoat bo’lib o’qimasalar, shayton ularga o’z hukmini o’tkazadi va 
istaganicha ezadi. Natijada ular shaytonning buyrug’i ostiga kiradilar», – deb aytdilar. 
O’lchov – beshta uy. Bu besh uy qaerda bo’lmasin, yaylovdami, qishloqdami, dam olish 
joyidami – farqi yo’q, ularning birlashgan joyida azon aytiladi, jamoat bo’lib namoz 
o’qiladi. Shayton hukmronligi ostida bo’lgan insonlarning uyidan shovqin-suron, to’polon 
arimaydi. 
Negaki, ular shaytonning hokimiyatiga kirdilar. Unga asir bo’ldilar. Shayton ularni 
barmoqlari kabi o’ynatadi... 
Shayton-aldashga usta, tajribali, Hazrati Odam Ato zamonidan beri insonlarni aldab 
kelayotgan bir maxluq. Inson shaytonning qo’liga tushdimi, changaliga kirdimi, bas, uni 
mahv etadi. 
Buning chorasi nima? Shayton o’z hokimiyatini qurolmasin deb azon aytiladi, iqomat 
keltiriladi. Namoz shuning uchun foydali, jamoat shuning uchun zarur. Biror yerda azon 
aytilmasa, iqomat keltirilmasa, shayton u yerga hokim bo’ladi. 
Go’la tog’lari etagida joylashgan bir o’rtog’imizning qishlog’iga bordik. Soatga qaradik: 
azon o’qishmadi. «Nimaga?» – dedik. Imom nafaqaga chiqibdi, yangi imom kelmabdi, 
qishloqda azon aytilmayapti. Ahvolingiz yomon bo’ladi, dedim! Qishloqda masjid bor
minora bor, jamoat bor, lekin namoz o’qilmayapti. Hamma uyida o’qimoqda. Nima, 
birorta azon aytadigan inson yo’qmi? Chiroyli bo’lishi shart emas, axir go’zallik 
musobaqasi bo’lmayapti-ku?! Chiq, ovozing boricha o’qi, ixlos bilan «Allohu Akbar» 
degin – tovushingni to’rt tomon eshitadi. 
Uy egasiga: «O’zing azon aytasan, o’zing imomlik qilasan va shu qishloqni azonsiz 
tashlab qo’ymaysan. Qani, masjidga ketdik!» – dedim. Masjidga bordik, u minoraga 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin