www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Masalan, bir kishi hajga ketmoqchi. Lekin, «Bir ozgina vaqt o’tsin, hali erta, qariganda
boraman», – deydi. Namoz o’qimoqchi yoki biror savobli ish qilmoqchi, lekin, «Bir oz
vaqt o’tsin, bola-chaqamni uyli-joyli qilib olay, yoshim keksaysin», – deydi. Aslida esa
inson har qanday yaxshi, xayrli ishni o’z vaqtida bajarishga harakat qilishi kerak! Balki,
xayrli ishni kechiktirish mumkindir, lekin tavba qilishni kechiktirish katta fojeadir. Ba’zi
insonlar «Bir ozgina vaqt o’tsin, qirq yoshdan-ellik yoshdan o’tay,, shundoq bo’lsin,
bundoq bo’lsin» – deb yana uzoq bir muddatni ko’zlab yuradilar. Xuddi mana shu
kechiktirishga tasvif deyiladi.
Bir birodarim bor edi. O’zi har jihatdan aqlli. Hattoki, fan nomzodi. Suhbatlashib
qolsangiz, uning musulmonligiga hech shubha qilmaysiz. Lekin namoz o’qimaydi.
«Qani, namozni boshla endi!» – desangiz.
«Bir oz vaqt o’tsin, boshlayman, domla! Xatolarimni bilaman, kamchiligimni
tushunaman»,- deb yerga qaraydi.
«Bilsang, boshla!»
«Boshlayman o’qishni...»
Xuddi mana shu boshlayman deyish tasvif deb ataladi. Bu tasvif shaytonning o’yin-
hiylalaridan biri. Chunki Shayton insonni xayrli ishlar qilishdan qaytarishga harakat
qiladi. Aksincha, yomonlik qildirishni xohlaydi. Yomonlik qildira olmasa, yaxshilikni
qildirmaslikka harakat qiladi. Yaxshilik qilishdan to’xtata olmasa, hech bo’lmasa uni
kechiktirishga harakat qiladi. «Qilasan-da shu ishni, do’stim, lekin bir ozgina sabr qil! Bir
necha yil o’tsin...» kabi soxta taskinlar bilan uni ortga qoldirib boraveradi.
Tavba bu – hayotning eng ahamiyatli ishi. Tavba bu – Alloh taoloning yo’liga qaytish
degani. Odamlar tavbani qo’liga tasbeh olib, «Astag’firulloh! Tavba, ey Alloh! Tavba
qildim, ey Alloh!» – deb aytishdangina iborat deb tushunadilar. Unday emas.Tavba bu-
Alloh yo’liga kirish, Alloh yaxshi ko’rgan bir qul bo’lish.
Hazrati Ali roziyallohu anhu Kufa masjidlaridan biriga kiribdilar. U yerda bir kishi
masjidning burchagida o’tirib tavba qilayotgan emish: «Tavba, yo Rabbiy!
Astag’firullohal azim va atubu ilayh...» Shunda Hazrati Ali roziyallohu anhu uning yoniga
borib, ««Ey birodar! Faqatgina tili bilan «Astag’firulloh, tavba» deyish yolg’onchilarning
tavbasidir», – debdilar.
Tavbaning mohiyati shundaki, agar inson noto’g’ri yo’lda bo’lsa, to’g’ri yo’lga kiradi.
Namoz o’qimayotgan bo’lsa, namoz o’qiydi, ro’za tutmayotgan bo’lsa, ro’za tutadi,
yomon axloqlari bo’lsa, ularni tark etadi. Alloh taoloning amrlarini bajarmayotgan bo’lsa,
bajarishga harakat qiladi... Ya’ni haqiqiy qaytish qiladi. Buni ko’rgan kishilar: «Bu odam
o’zgardi, yomon yo’ldan qaytdi», – deydilar.
Kimdir qaytishni, o’zgarishni xohlamoqda-yu, lekin bu ishni kechiktirmoqda. Shuning
uchun ham Alloh taolo: «Tavba qilishni xohlaysan-u, ammo qachongacha uni
kechiktirasan?» – deb so’ramoqda. Shu bois Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
bir hadisi shariflarida shunday marhamat qiladilar:
«O’limdan oldin tavbaga shoshilinglar». Qara, o’lim birdaniga keladi, qachon jon
berishing ma’lum emas. Har xil noxush hodisalar, turli xastaliklar bor. Yoshni ham olib