Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
tanimadim. Meni avf eting!» – deb kechirim so’rabdi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam buyuribdilarki: 
«Sabr eng boshida bo’ladi. Endi sabr qilsang ham qiymati yo’q!» Shuning uchun o’zini 
darhol qo’lga olib sabr qilgan inson savob topadi. Darrov sabr qilmasa, savobni boy 
beradi. 
Insonlarga xayrli ishlarni tavsiya qilish yaxshi narsa, ammo bu xayrli ishlarni biz o’zimiz 
birinchi bo’lib boshlashimiz kerak. Yomonlik qilma deb aytish, ya’ni nahyi anil munkar 
farzdir, demak buni ham birinchi o’zimiz bajaramiz, ya’ni hech kimga hech qachon 
yomonlik qilmaymiz. Solihlarni sevmoqchi bo’lsak, ulardek bo’lishga intilamiz. 
Munofiqlarga, kofirlarga achchiqlansak, ulardek bo’lmaslikka harakat qilamiz. Ularga 
nisbatan xilof ish qilamiz. Urf-odatlarni aslo bajarmaymiz. 
Inson bajara olmaydigan ishlariga so’z bermasligi lozim! Katta-katta gap gapirmasligi 
kerak! Alloh buyurmagan va Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam tavsiya etmagan 
ishni ham bajarmasligi kerak! Har bir ishni Alloh rizosi uchun bajarishi, «Alloh menga 
nimani buyurgan bo’lsa, o’shani bajaraman!» – deb ertalabdan niyatni to’g’ri belgilashi 
lozim! Hayotini doimo Alloh va Rasulining buyurganlarini bajarish bilan o’tkazishga 
harakat qilishi lozim. 
Agar birovning kimdadir haqqi bo’lsa va uni olishni qanchalik xohlasa, demak o’zi ham 
boshqalarning haqlariga xiyonat qilmasligi lozim! Boshqaning haqini yemaslik, birovning 
haqiga qo’l uzatmaslik kerak! 
Yer yuzi har kuni bizga so’z qotar ekan, biroq bizning xabarimiz yo’q. «Sen bugun 
mening ustimda yuribsan, ammo, ertaga mening ichimga kirasan!» Bu qora tuproq 
shunday xitob qilmoqda. Bu xitob-o’lim haq, unga hozirlik ko’r degani. 
Balx shahrida Ibrohim Adham deb atalgan bir podshoh yashab o’tgan. O’sha podshoh 
Alloh rizoligini topish uchun uyi, saroyi, xazinalari, toju taxtini tark etib darveshlar 
yo’liga kirgan. Odamlar undan: «Bizlarga nasihat qil», – deb so’raganlarida juda ham 
qimmatli oltita nasihatni aytgan ekan. Shularning birida aytiladiki: 
«Insonlar qasrlar qurish bilan ovora bo’layotirlar, sen esa qabring imorati bilan mashg’ul 
bo’lgin». Qarang, qanday ibratli bir gap! Darhaqiqat, bugun ko’plab aqlli, es-hushi joyida 
bo’lgan, haqni tanigan insonlar ham dang’illama imoratlar, dachalar qurishga astoydil 
berilganlar. Bugun qo’lida ortiqcha mablag’i bo’la turib bola-chaqasiga imorat 
solmayotgan kimsaga hamma ta’na ham qiladi. «Go’ringga orqalab ketasanmi? Puling 
borida imorat qurib olsang-chi!» – deydilar. Lekin hech kim «Pulingni qabring uchun 
ishlat» demaydi. Holbuki, yer yuzida dang’illama imoratlar qurishga sarflanadigan 
pullarni «qabrga orqalab ketish» va qabrda, qabrdan keyingi hayotda ulardan 
foydalanish ham mumkin. Faqat buning uchun bu pullarni hamma yerda, hattoki 
oxiratda ham muomalada yuruvchi valyutaga-savoblarga almashtirib olish zarur. 
Ya’nikim, pullarini bu dunyoda dang’illama imoratlar qurish uchun emas, savob ishlar 
uchun sarf etgan kimsa qabr binosini bezagan bo’ladi. Ibrohim Adham ana shunday 
demoqchilar. 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin