«Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi», – demoqda.
«Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar». Alloh sabr qilganlarni, sadaqa
berganlarni, pokiza kishilarni sevadi. Alloh kimlarni sevsa, shunday bo’lishga harakat qil!
Muhim bo’lgan ish – Allohning sevgisini qozonish emasmi? Qariyalar o’tib borayapti,
umrlar tugab borayapti, xalq esa bularni o’rganmasdan, bilmasdan o’tib ketmoqda.
Holbuki, duoning qaysi biri maqbul, qachon aytish lozim, qanday aytish kerak, ularni
bilish – biz uchun eng muhim ishlardandir.
«Chiroyli savol so’rash olimlik alomati, ilmning sharti». Insonning zehnida go’zal
masalalar to’planishi, u savollarni inson ichida saqlab, qidirishi, javoblarini topishi kerak.
Istanbuldagi bir masjidda namoz o’qidik. Juda ham chiroyli, mukammal masjid.
Menimcha, Me’mor Sinon qurdirgan bo’lsa kerak. Zol Mahmudposhsho masjidi. Domla
bizlarga xufton namozini o’qitdi.
«Zol Mahmudposhsho kim?» – deb so’radim domladan.
Domla menga:
«Bu masjidni qurdirgan odam juda ham zolim bo’lgan ekan. Shuning uchun zolimning
zolidan Zol Mahmudposhsho deb aytilgan ekan», – dedi.
Men yana dedimki:
«Zolim bo’lsa, masjid qurdirmaydi-ku odam. Dindor bo’lgani uchun bu chiroyli masjidni
qurdirgandir?»
Masalaning mohiyatini aniqlashga kirishdim. Qomuslarga ko’z yugurtirdim, topdim, hech
ham bunday emas ekan. Zol – qariya, eski, ko’hna, juda ham yoshi ulug’ degani ekan.
Demakki, bu Mahmud poshsho juda ham qari, oq soqolli, muborak zot bo’lgan. Boshqa
Mahmud poshshodan ajralib tursin deb, Zol Mahmudposhsho deganlar. Bu qari Mahmud
poshsho degani. U chiroyli masjid qurdiribdi. Alloh makonini jannat qilsin! Bizlarga ham
Alloh masjid qurish, qurdirishni nasib etsin. Hammamizni rahmatiga yetishtirsin.
Domlaga xabar jo’natdim: «Masjidni qurdirgan kishi to’g’risida bunday gaplarni
aytmang! Zol Mahmud poshsho – zolim Mahmudposhsho emas, nuroniy, muborak
Mahmudposhsho deganidir», – deb.
Masjidda imom, lekin masjidni, uning tarixini bilmaydi. Inson qiziquvchan bo’lishi kerak!
Ilmning sharti qiziqmoqlikdir. Qiziqish, qidirish, o’rganish lozim! Inson qiziqsa, ko’p
narsa o’rganadi, agar qiziqmasa, hech narsa o’rganolmaydi. Shuning uchun qaysi duo
chiroyli ekan, o’rganing! Masalan, shunday bir savol aqlingizga kelmaydimi?