www.ziyouz.com kutubxonasi
48
Zikrullohning ta’mini! Bir zoti muhtaram aytadi: «Agar hukmdorlar, qo’mondonlar, jahongirlar tasavvuf arbobi
erishgan ma’naviy zavqlarning naqadar lazzatli ekanligini bilganlarida edi, shahar , o’lka
yoki biror boylikni olishga borganlari kabi, bu zavqlarni bizlarning qo’limizdan tortib olish
uchun qo’shinlarini boshlab kelgan bo’lardilar».
Bu ibodatning zavqini, mazasini, lazzatini, hayajonini, go’zalligini totib ko’rmagan
bilmaydi, uni tushuntirib ham bo’lmaydi, eng yaxshisi totib ko’rmoq.
Yuqorida ham aytganimizdek, Ramazonda qilingan ibodatning savobi boshqa oyda
bajarilgan amallarga nisbatan yetmish marta ortiq bo’ladi.
Shuning uchun ham har xil savobli ishlarni qidirib yuradigan ba’zi tashna, bilimli
musulmonlar bor. Zakotni yilning xohlagan oyida berish mumkin, ammo ataylab
ramazonda beradilar. Chunki ramazonda bergan zakoti yetmish martaga ko’payadi-da.
Shu yerdan ham bir foyda undiradi.
Molining qirqdan birini hisoblaydi, undan ma’lum miqdorini zakotga ajratadi va zakot
olishga munosib kishiga beradi. Bu bergani, aslida, faqirning haqqi, o’ziniki emas.
Dalada o’zi ishladi, o’zi ekdi, o’zi boqdi, o’zi qaradi, o’zi zahmat chekdi, mahsulini ham
o’zi oldi... Alloh, Alloh... Alloh taolo aytayaptiki: «Sening hosilingda, foydangda faqirning
haqqi bor!» U ham sevinib-sevinib o’sha haqni ajratib beradi. Dehqonchilik hosillaridan
qancha miqdorda zakot beriladi? O’ndan biri. Uni shuning uchun ham ushr – deydilar.
Ashara – o’n, ushr – o’ndan biri degani.
Dehqonchilikning ham ushri bo’lib, uni ham zakot deydilar. U ham dehqonchilik
hosillarining zakoti. Paykalning sug’orilishi va o’z-o’zidan tabiiy ravishda yetishtirilishi
orasida farq bo’lgani kabi ushr ham o’ndan birga, yigirmadan bir miqdorlarida o’zgaradi.
Pul bo’lsa, qirqdan biri, ya’ni yuzdan ikki yarim bo’ladi. Bularning hisob-kitobi bor.
Masalan, beshta tuyadan bir qo’y, o’ttiz sigirdan bir bosh bir yoshga to’lgan tana yo
ho’kiz, qirq qo’ydan bir qo’y beriladi va hokazo. Bundan keyin shuncha bo’lsa, shu
qadar, buncha bo’lsa, bu qadar beriladi, degan bir ro’yxati bor. Zakot mana shu
ro’yxatga ko’ra olib boriladi.
«Faqirning haqqi, qarzdorning haqqi, yo’lda qolib ketganning haqqi va boshqalar
zakotning xarajatlari», – deyilgan. Zakotga muhtoj kishilarning maxsus ro’yxati bo’ladi.
Shu ro’yxatga ko’ra beriladi, ammo ramazonda berilsa, bu safar zakotning bir savobi
yetmish marotabaga ko’payadi. Ramazonda bir sadaqa berilsa, boshqa oylarda
berilgandan yetmish martaga ziyoda bo’ladi. Bas, shunday ekan, bu oy barakali oy
emasmi? Ramazonda yuz marta tasbeh o’girsa, yetmish marotabaga ko’payadi. Boshqa
oyda esa, bir marta bo’ladi. Shu tariqa ibodatda ham, dasturxonda ham, savobda ham,
zamonda ham barakot bo’ladi.
Hasan Basriy baroat
24
kechalarining birida uydan tashqariga chiqibdilar, chiqibdilar-u,
ammo kasal odamdek, ya’ni yuzlari ter toshgandek juda ham ta’sirli bir vaziyatda
ko’chaga chiqibdilar. Uni ko’rganlar:
«Yo muborak, nima bo’ldi? Kasal bo’ldingizmi, qorningizda og’riq bormi? Boshingiz