www.ziyouz.com kutubxonasi
45
ne’matlarini tushunmaydigan, fahmlay olmaydiganlarga hidoyat nasib etmaydi!
Dunyodagi barcha Ne’matning – suv, havo, ovqat, salomatlik, ofiyat, aql, fikr va
hokazo... Hamma narsaning Allohning ikromi ekanligini bilish lozim! Bu ne’matlar qadrini
bilmagan va ularning Alloh tomonidan berilganligini tushunmaydiganlarga hidoyat nasib
etmaydi.
Shuningdek, zolimlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Boshqalarga zulm o’tkazuvchi, o’z
nafsiga zulm qiluvchi, Alloh buyurgan ahkomlarini bajarmasdan gunohga botib
yurganlarga hidoyat nasib etmaydi.
Fosiqlarga, fisqu fujurda yashayotganlarga ham hidoyat nasib etmaydi. Allohning
tavajjuhiga erishishning ilk sharti bandaning o’z xatosini tushunib, ularni tark etib,
gunohlariga pushaymon bo’lib, u yo’ldan qaytishidir. Bu noto’g’ri yo’ldan qaytmay,
avvalgi holatida davom etsa, hidoyat nasib qilmaydi. Alloh bunday kishining tavbasini
qabul qilmaydi, unga tavajjuh etmaydi.
Inson qanchalik gunohkor bo’lmasin, xatosini tushunib yetdimi, afv etilish umidi bor.
«Yuz martaba tavbani buzgan bo’lsang ham yana kel, bu umidsizlik dargohi emas!»
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlariga nisbat berib, uning maqbarasi ustidagi lavhada
yozilgan bu so’zlar aslida eronlik boshqa bir shoirga tegishli. Ya’ni pushaymon bo’lib, «Ey
Rabbim, so’z bergan edim, ammo chiday olmasdan yana gunoh qildim, meni afv
etasanmi?..» Sidqi dildan xatosini tushunib, pushaymonlik his etib, u yo’ldan
qaytganlarni Alloh taolo hazratlari afv etadi.
Inson o’z haddini bilishi, xatosini tan olishi, bo’ynini egib, «Yo Rabbi, bilaman,
gunohkorman, qusurliman», – deb aytishi lozim!..
Qarang, arablar qamariy oylarni boshi, o’rtasi va oxiri deb uch qismga bo’ldilar.
Boshidagi o’n kunga, ashri-avval, o’rtasidagi o’n kuniga ashri-avsat, oxiridagi o’n kunini
esa ashri-oxir deb ataydilar. Bu muborak, go’zal oyning to’la o’n kuni ham o’tib bo’ldi.
Ramazonning ashri-avvali qo’ldan ketdi. Qaytarilishi mumkin bo’lmagan ne’matlardan
biri, bu zamondir. O’tdimi orqaga qaytarib bo’lmaydi. Qaytarish mumkin emas.
Mo’’minga eng buyuk nasihat, eng buyuk dakki bu – vaqtning qadr-qimmatini bilishi,
umrini yelga sovurmay, har soniyasini go’zal holda o’tkazishi, g’ofil qolmasligidir.
Shuning uchun ham tariqat buyuklarimiz: «Darvesh «hush dar dam» – asosiga qat’iy
amal qilib, har nafasda hushyor bo’lishi lozim!» – deganlar.
Payg’ambarimiz buyuribdilarki:
«Sizga ramazon oyi keldi». Barakot oyi. Ramazon oyi kelganda hamma narsada barakot
bo’ladi. «Ashhadu anla’ ila’ha illalohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va
rasu’luhu» – deb shahodat berganimizdek, ko’zimiz bilan ko’ramizki, ramazon barakot
oyi. Dasturxonlar, zamonlar barakotli bo’lmoqda. Har narsada barakot hosil bo’ladi.
Chunki, bu oyni Alloh taolo haqiqatan ham farishtalari vositasida mo’min bandalariga
hozirlab beradi. «Alloh taolo Jabroil alayhissalomga shayton va uning rahbar askarlarini
zanjirband qil deb amr etadi», – deya keladi hadisi sharifda. Ya’ni, insonlarni yo’ldan
ozdiradigan, aldaydigan, bir-biriga urishtiradigan, zulm qildiradigan ana o’sha yomonlik
manbai shaytonning harakatlari cheklanadi. Qo’l-oyoqlari bog’lanadi, zanjirband etiladi.