www.ziyouz.com kutubxonasi
42
Bizning qishloqdagi masjidning bir imomi bo’lgan ekan. Farzand ko’rar ekan-u, bir oz
muddatdan keyin vafot qilaverar ekan. Ba’zan qon quyilishi va shunga o’xshash sabablar
bilan o’lavergan. Bundan g’am chekkan domla shunday yig’lar ekanki, shundayin ko’z
yoshi to’kar ekanki! Bir nechta bolasi shunday bo’lib o’lib ketibdi. Bir kun qishloqqa olim,
fozil, yoshi kattaroq bir kishi kelibdi. Xuddi o’sha vaqtda domlaning yana bitta bolasi
vafot etgan ekan. Imom domlaning yig’lab-yig’lab qiynalganini ko’rib, «Ie, sen
domlasan, qani, o’tir bu yerga!» – deb o’tqizibdi.
«Senga bu farzandlarni kim beryapti?»
«Albatta, Alloh beryapti».
«Xo’p, bu farzandlarni sendan kim olyapti?»
«Alloh olmoqda».
«Senga nima bo’lyapti o’zi? Sabr qil! Imom domla ham shunday bo’ladimi, mardlik ham
shunday bo’ladimi? Allohning imtihoniga sabr ko’rsat!» – deb aytibdi.
U ham «Xo’b bo’ladi!» – deb so’z beribdi va sabr qilibdi. Keyingi tug’ilgan bolasi
o’lmabdi. Imtihonni qarang!
Shuning uchun ham Allohdan ofiyat istaymiz. Alloh dunyoda ham, oxiratda ham ofiyat
bersin hammamizga! Hamma kunlaringiz xush bo’lsin, hamma ishlaringiz rost kelsin!
Agarda shunday bo’lmasa-chi? Sabr qilish kerak! Hamma vaqt ham yoz bo’lavermaydi,
ba’zan qor ham yog’adi. Hamma vaqt ham to’qchilik bo’lavermaydi, ba’zan yo’qchilik
ham bo’ladi. Hamma vaqt ham salomatlik bo’lavermaydi, ba’zan kasallik ham bo’ladi.
Sabr qiling!
Yaxshi musulmon sabr qiladi, ovozini chiqarmaydi, g’iq etmaydi. Allohdan kelganini
biladi, sabr qiladi. Sabr qilib savob topadi. Inson ikkita narsadan savob topadi:
1. Musibat kelsa, sabr qiladi, savob topadi.
2. Ne’mat kelsa, shukr qiladi, savob topadi.
Bir shukrdan savob topadi, bir sabrdan. Agar ne’mat kelsa-yu, shukr qilmasa, savob
topmaydi, gunohga botadi. Imtihon kelgan vaqtda sabr qilmasa, ham kelgan narsaning
achchig’ini totadi va sabr qilmaganligi sababli savobni ham qochiradi, gunohga ham
botib qolishi mumkin.
Bir xotin sochlarini yulib-yumdalab, baqirib-chaqirib yig’layotgan ekan. Buni ko’rgan
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam uning yoniga borib, «Ey xotin, sabrli bo’l!
Allohning taqdiri, nima ham qilardik! Boshingga nima kelgan bo’lsa, kelgandir, sabrli
bo’l!» – deb buyuribdilar.
Xotin ko’zini yumibdi, og’zini ochibdi: «Sen mening boshimga nima kelganini bilarmiding
o’zi?» – deb bir qancha so’zlarni gapiribdi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
qarabdilarki, xotinning odobi nuqsonli, darhol undan uzoqlashibdilar.
Orqalaridan kelayotgan sahobalardan biri xotinning yoniga borib: «Ey xotin! Sen bilan
gaplashgan odamning kim ekanligini bilasanmi o’zi?!» – deb so’rabdi.
«Yo’q bilmayman», – debdi xotin.
«U zot Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam edilar», – debdi.
«Shundaymi?» deb haligi ayol orqalaridan yuguribdi: «Yo Rasululloh! Men sizni