www.ziyouz.com kutubxonasi
40
gapirib, aytgan so’ziga sodiq qolishi lozim. Buyurilmagan ishlarni esa bajarmaslik lozim.
«Buyurilmagan ishlarni bajarasan!» O’ylab ko’ring-a! Qilayotgan barcha ishlarimiz
Allohning amrimi?.. Ishlarimizning qanchasi Allohning amri yoki Payg’ambar sallallohu
alayhi vasallamning sunnatlariga mos?
«Bir kishida haqing bo’lsa, uni olishga harakat qilasan, ammo birovning haqi senda
bo’lsa, uni qaytarishdan qochasan!»
Meros taqsimlanar ekan, falonchining bu merosda haqi bor. Shar’iy nuqtai nazardan
qaraganda vafot etgan ayol merosida erkak jiyanlarining haqi bor. Ammo bugungi
qonunlarga ko’ra haqi yo’q. Onadan qolgan merosni ikki qiz o’zaro bo’lishib oladilar.
Ammo Qur’oni karimda buyurilishiga ko’ra faqat ikkovi emas, balki erkak jiyanlari ham
ulush olishlari lozim. Bular nima qilyaptilar? Haqini bermayaptilar? Borib aytsang, buni
qaerdan olding, deb janjal qiladilar. Buni men o’ylab topganim yo’q, axir bu Allohning
amri-ku! Berishing kerak!
«O’z haqingni tiyinigacha olmaguncha qo’ymaysan. Ammo boshqalarning haqini
bermayapsan, ey odam bolasi». Avval ignani o’zingga sanch. Bir kishi haqingni bermasa,
qanchalik jahling chiqadi!.. O’rtaga advokat solasan. Unday bo’lsa, sen ham
boshqalarning haqini to’liq ber!
«Hech bir yangi kun yo’qki, yer yuzi, tuproq, mana shu yer senga quyidagicha xitob
qilmasa: Ey, Odam o’g’li! Hozir ustimda yuribsan, bir vaqt kelib ichimga kirasan! Seni
qora tuproqqa ko’madilar. Hozir kulib yuribsan, lekin ertaga go’shtingni, suyagingni
qurtlar yeydi».
«Qabr ham insonga shunday xitob qilar ekan: Ey inson bolasi, Men savol-javob
qilinadigan manzilman, diqqat qil. Qabrda «Rabbing kim?.. Payg’ambaring kim?.. Dining
nima?.. Kitobing qaysi?.. Qiblang qaer?..» degan savol-javoblar bo’ladi».
«Yolg’iz o’zing qoladigan joyman. Yoningda do’sting, yordamching, yo’ldoshing
bo’lmaydigan joyman». Inson qabrga qo’yilgach, o’zi yolg’iz qoladi, shunda uning
yo’ldoshi kimlar bo’ladi? Barcha qilgan ibodatlari, amali-solihlari yo’ldosh bo’ladi. Namozi
bir tarafida, ro’zasi ikkinchi tarafida, qilgan haji, o’qigan tilovatlari, zikrlari, xayru-
hasanotlari bir tomonida uni qo’riqlaydilar...
Bir hadisi sharifda shunday aytiladi: Lahadga qo’yilgan inson vujudidan nur taralib
turgan nuroniy, muborak, sevimli chehrali bir insonni qarshisida ko’rishi bilan undan
so’rar ekan:
«Sen kimsan, ey muborak zot? Men qabrda yolg’iz boshim bilan shunday qo’rqib turgan
bir paytimda seni ko’rib turibman. Sening yuzing juda ham nurli, juda ham sevimli, sen
kimsan o’zi?»
U shunday javob berar ekan:
«Men sen o’qigan «Taborak» surasiman! Alloh menga bu suratni berib, sening yoningga
yo’ldosh qilib jo’natdi!»
Amallarimiz, toat ibodatlarimiz bizga yo’ldosh bo’ladi qabrda. Shuning uchun ham hadisi