Microsoft Word ramazon va taqvo ziyouz com doc



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/132
tarix16.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#181839
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
Mahmud As ad Jo shon. Ramazon va taqvo

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
36
ketadi, qarini ham. Kasal o’rnida yotaveradi, ammo unga qarab turgan qarovchisi ketadi. 
Bolasi o’ladi, otasi qoladi. Allohning ishini bilish qiyin! Shuning uchun ham o’lim 
kelmasdan burun tavba qilish kerak!»
Hadisda aytilishicha, Rajab – Alloh qullarini avf etadigan oy ekan. 
Nima degani bu? Butun oylar, butun yillar, butun dunyo, butun oxirat, hamma narsa 
Allohniki. Rajab ham Allohniki bo’lib, bu oyda qullarini kechirib, tavbalarini qabul qiladi... 
Shuning uchun ham o’sha vaqtdan boshlab tavba qilish lozim. Aslida, inson tavba qilishi 
lozimligini anglagan zahoti bir muddat ham kechiktirmasdan, darhol tavba qilishi kerak! 
Hadisi sharifda «O’zing ham oxiratni talab qilasan, ya’ni jannatga kirishni xohlaysan-u, 
qani amali solihing, qani qilgan xayru ehsonlaring, ibodatlaring? Jannatni xohlaysan-u, 
jannatiy amallarni qilmaysan. Hali ham boshlamagansan. Qachongacha buni 
kechiktirasan?» – deb aytilmoqda. 
«Ey Odam o’g’li! Nima qilmoqdasan o’zi?.. Obidlarning so’zini gapiryapsan, ammo o’zing 
munofiqlarning ishini qilyapsan?» Odamlarning gaplari chiroyli bo’ladi. Shuning uchun 
eskilar shunday deganlar:
«Nasihat qilish oson, uni qabul qilish esa mushkul». Ammo yaxshi nasihatni eshitish 
bilanoq qabul qilish kerak. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davridagi 
sahobiylar yaxshi bir so’zni eshitishlari bilanoq qabul etar va unga amal qilar edilar. Bu 
zamonning odamlari esa nasihatni eshitadilar, uni qirq marotaba tushunib, haqli 
ekanligini bilib ham unga amal qilmay yuraveradilar. 
«Ichkilik haromdir» oyati tushishi bilanoq Madinada kimning uyida ichkilik bo’lsa, darhol 
ko’chaga olib chiqib, to’kib tashladilar. Ko’chalarda aroq seldek oqdi. Nega shunday 
qildilar? Oyat nozil bo’lgani uchun, albatta. Hozir odamlarning otasi musulmon, onasi 
musulmon, bolasi esa ichkilikka berilgan, tashlamaydi. Ichkilik – gunoh deysiz, baribir 
ichaveradi. Ammo o’zi nasihat qiladi: boshqasini oldiga o’tqazib olib: «Sigaret 
chekma!»–deydi-yu, o’zining kissasida sigaret turibdi. Qarshisidagiga to’g’risini 
gapirmoqda, lekin o’zi teskarisini bajarmoqda. 
Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning hayotini yashamoqda. Munofiqning bosh sifati 
nima? Munofiq – yolg’on gapiradi, va’dasida turmaydi, omonatga xiyonat qiladi, ya’ni, 
ishonchsiz bir inson. So’zi boshqa, ishi boshqa. Mo’’min esa bunday emas: uning ishi 
sog’lom, so’zida sodiq turadigan ishonchli kishidir. 
Bir kishi Istanbuldagi bir do’stimizning muborak otalaridan – (U muborak zot vafot 
etdilar. Alloh rozi bo’lsin. Merosini o’g’li darhol jome’ qurishga sarf qildi). – «Hoji ota, 
anchagina ehtiyojim bor, qarz berib tursangiz menga», – deb aytibdi. «Bolam, kassa u 
yerda! Borib qancha qarz kerak bo’lsa, oling!» – deb yuboribdi. O’zi hatto kassasining 
oldiga bormagan ham. U esa, borib qancha kerak bo’lsa olibdi. Ma’lum bir vaqtdan keyin 
kelibdi va «Hoji ota, bilasizmi, men sizdan bir vaqtlar qarz olgan edim, o’shani olib 
keldim», – deb aytibdi. «O’g’lim, kassa o’sha yerda! Olib borib qo’ygin u yerga!» – deb 
jo’natibdi. Ana shu otaxon bir kuni o’g’lining ishxonasiga kelibdi. Qarasa, stolning ustida 
har xil qog’ozlar, fakturalar, veksellar, «Bular nima o’zi?» – deb so’rabdi. «Imzoli 
veksellar?..» «Voy, voy, voy! Ishlarimiz shunday qog’ozlarga qoldimi endi! Bizning 


Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin