www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Bir shoir aytgan ekanki:
«Qabr-amallar sandig’i». Yana bir shoir aytadiki, qabr qizlarning kelinchaklik sandig’i
kabidir. Ota-onalar qizlari uchun dastro’mol, kiyim-bosh, oshxona jihozlarini yig’ib,
sandiqqa joylaydilar. Turmushga chiqqanida ishlatadi deb, sandiqni ashyolarga
to’ldiradilar. Qabr ham insonning ashyo sandig’i. Qabrda rohat-farog’at bo’lsin deb, inson
dunyodalik chog’ida yaxshi amallarni yig’ib, u yerga olib boradi.
Alloh taolo nasihatni eshitib unga amal qilish, undan foydalanish, fayz olishni va sevimli
banda bo’lishni barchamizga nasib etsin!
4 fevral 1995/ 4 Ramazon 1415 NAFSNI YENGISH OYI A’u’zu billa’hi minash shaytonir raji’m.
Bismilla’hir rahma’nir rahi’m.
Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! Habibi adibi, sevimli payg’ambarimizga, xonadon ahllariga va sahobalarga salotu salomlar bo’lsin! Xufton azoni aytildi, tarovih tugadi. Rabbimiz qilgan ibodatlarimizni o’z dargohida qabul
qilsin. Hozir muborak jum’a kunida turibmiz. Jum’a – haftaning eng xayrli kuni, eng nurli
kechasi. Eng nurli kecha va eng nurli oyda, Yer yuzining eng muborak joylaridan biri
bo’lmish, Allohning uyi – masjidda to’planib turibmiz. Alloh jalla jaloluhu bir kishiga
masjidga borishni nasib etgan bo’lsa, demakki, uy egasi uyiga kirishga ruxsat beribdi.
Bu bir ne’matdir, kelmaganlarga ham bu baxtni nasib aylasin, ularni hidoyat etsin.
Alloh taolo buyuradi:
Xursand bo’ladigan, hayron qoldiradigan bir narsa!
«Alloh tinchlik diyori – jannatga da’vat qilur va O’zi xohlagan zotlarni to’g’ri yo’lga hidoyat qilur». Alhamdulilloh,
Allohning bu da’vatiga erishganlardan, jannatiga kirganlardan aylasin...
«Demak, Alloh xohlagan qullarini siroti mustaqimga kiritadi, hidoyatni nasib etadi».
Xohlagan kishisiga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Hidoyat Allohdan. Hidoyat, ya’ni Allohning
to’g’ri yo’lida bo’la olmoq, Allohning biz bandalariga bergan eng buyuk imkoni. Chunki
bu - rahmat yo’li, jannat yo’li.
Allohning eng buyuk ne’mati bu - hidoyat yo’lida bo’lishlik. Chunki abadiy saodatga shu
bilan erishiladi.
Bu go’zal ne’matni ba’zi bandalariga bermaydi. Alloh tomonidan sevilmagan banda
musulmon bo’la olmaydi! Sevilmagan qul ibodatlarni bajara olmaydi! Xayrli ishlarni qila
olmaydi! Masjidga bora olmaydi! Va nihoyat sevilmagan qul Alloh zikrini ayta olmaydi!
Alloh ayttirmaydi, nasib etmaydi. Bular sevilgan bandalarga nasib etadi.
Alloh taolo o’ziga ishonmaydigan va inkor qiluvchilarni hidoyatga boshlamaydi. Kufroni
ne’mat qilgan, Alloh bergan xayru in’omlarni sezmagan, ne’mat egasini ko’ra olmaydigan
ko’rlarni hidoyat etmaydi! Xatosini anglab tavba qilganga hidoyat beradi-yu, Allohning