www.ziyouz.com kutubxonasi
47
«Bu kechani ramazonning so’nggi o’n kunidan qidiring!»
Bu kechani qo’lga kiritgan, u kechada Allohning yaxshi ko’rgan ibodatini bajargan kishi,
83.3 yil ibodat qilganlik savobini oladi. Ming oy shuncha yil bo’ladi.
Payg’ambar sallallohu alayhi vasallamning uylari biznikiga o’xshab masjiddan uzoqda
emas edi. Masjid bilan tutashgan edi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
eshiklarini ochishlari bilan oyoqlarini masjidning ichiga bosar edilar. Xonalari jome’ga
tutashgan edi. Shunga qaramay, ramazonning so’nggi o’n kunida masjidga kirar edilar.
Va kechayu-kunduz ibodat bilan mashg’ul bo’lardilar.
Uch oylar kelishi bilan Muhammad alayhissalom ibodatlarga kuchli e’tibor berar edilar.
Rajab oyi kirishi bilan toatni ko’paytirar, sha’bon oyi kirganda yanada ko’proq riyozat
chekar va nihoyat Ramazon oyida toat-ibodatu zuhdu riyozatlari kamolga yetardi.
Ramazonning so’nggi o’n kunligida esa masjidda e’tikofga kirardilar. Tabiiyki, sahobai
kiromlar ham shunday qilganlar.
Bir gal juda ham qiziq bir hodisa ro’y bergan ekan. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam masjidga kiribdilar, qarasalar, masjid chodirlarga to’la. Ma’lum bo’lishicha,
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning xotinlari kelib chodir quribdilar. Ular
bizning onalarimiz bo’ladi. Chunki Qur’oni karim buyuryaptiki:
«Uning ayollari esa ularning onalaridirlar». Hazrati Oisha onamiz, Hazrati Xadicha
onamiz, shunga o’xshash ularning hammasi bizning onalarimiz.
Payg’ambarimiz esa: «Bular xayr ish qildik, deb o’ylayaptilarmi?» – debdilar. O’sha yili
e’tikofga kirmabdilar, chunki xotinlar bir tomonda, erkaklar boshqa tarafda. Mumkin
bo’lmasa-da, boshlashibdimi, oxirigacha yetkazsinlar, deb chiqarmabdilar. O’sha yili
xotinlar ibodatni masjidda bajaribdilar. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
ramazon o’tgandan keyin e’tikofga kiribdilar.
Xo’sh, ayol kishi e’tikofda qaerda bo’ladi? Albatta, o’z uyida bo’ladi. Ayol kishi o’z uyida
e’tikofga kiradi. Erkak esa e’tikof ibodatini masjidda bajaradi. Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam va ashobi kiromning hammalari e’tikofga kirganlar. Siz ham e’tikofdan
bahramand bo’ling! Ramazonning oxirgi o’n kunida siz ham u sharafni, u sevgini, u
ibodatni totib ko’ring.
Bir ayol uyida e’tikofini bajaribdi va bizning bir domla birodarimizga aytibdiki: «Men bu
ishni juda ham sevdim, bundagi ibodatlardan juda ko’p foyda olib qoldim». Albatta,
e’tikofda inson olamlarning Rabbisi Alloh taolo bilan tanho qoladi, Unga munojot qiladi,
dil rozini aytadi. Zikrning halovatini totadi.
Chunki Alloh taolo bir hadisi qudsiyda buyuradiki:
«Men meni zikr qilganning hammajlisi bo’laman, yonida birga bo’laman». Inson bunda
Qur’on o’qib, zikr qilib, ibodatlarni bajarib, namozlarni va qazo namozlarini o’qib, vaqtini
butunlay qattiq ibodatga bergan bo’ladi. Buyuk savoblarga erishadi.
Bir shoir yozgan ekan:
Shakarlarda topolmadim,