www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Har bir kishi biror narsaga odatlanib qolgan hozir... Har bir kishi o’zini qo’lga olib,
atrofidagi insonlarga bir qarasin. O’tirish odati bor, kiyimlarga berilish, ko’p gapirish,
hazillashish, kayfu safo qilish odati bor va hokazo.
Sening odatlaring Alloh rizosiga muvofiqmi yoki yo’qmi?
Ayniqsa, yomon odatlar juda ham buyuk balo. Xunuk odatlar balosiga giriftor bo’lgan
inson, unga yopishib oladi, bajarishi lozim bo’lgan ishlarni qilmaydi! Tayyorgarliksiz
o’lishi hech gap emas. Shunday ekan, birinchi bo’lib keraksiz odatlarimizdan xalos
bo’lishimiz darkor.
«Hayotimning shu nuqtasigacha yetib keldim, bundan keyin yaxshi musulmon bo’lish
uchun nima qilsam ekan? Bugungi ma’ruzagacha bu narsani hech o’ylamagan ekanman,
domla to’g’ri aytyapti. Men bularni o’ylab ko’rishim kerak!» – deb aytasan.
Inson fikrlashni boshladimi, savob qozonishni ham boshlaydi. Chunki:
«Tafakkur qilishdek qiymatli ibodat yo’q». Kim nimani xohlasa, Alloh oxirida o’shanga
yetishtiradi. Allohni qidirgan Allohni topadi, balosini izlagan, balosiga giriftor bo’ladi!
«Alloh tinchlik diyori – jannatga da’vat qilur». Alloh barchangizni jannatiga da’vat etmoqda. Marhamat, kiring jannatiga! Jannatiga
kirish uchun nimalar qilish kerak bo’lsa, izlaning, amal qiling, shug’ullaning!
Ramazondan foydalanib, shu ta’lim-tarbiya kursini muvaffaqiyatli bitirishga harakat
qiling!
Yomon odatlaringiz eng buyuk dushmanlaringizdir! Nafsingiz eng buyuk dushmaningiz!
«Sening eng buyuk dushmaning ikki yelkang orasidagi o’z nafsingdir». Yaxshi musulmon
bo’lishingga o’zing to’sqinlik qilyapsan, nafsing to’siq bo’lyapti, uni yengishing kerak!
Nafsni yengmasdan turib, komil ma’noda namoz o’qib bo’lmaydi. Nafsni yengmasdan,
ro’za tutolmaydi. Nafsni yengmasa, ibodatga tura olmaydi. Nafsni yengmasa,
gunohlardan to’xtamaydi. Eng buyuk dushman ichingda. Alloh ramazonda shaytonlarni
zanjirband qilib bog’lab qo’ydi, lekin nafsing bor... Nafsingni yengasan!