Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
56
suvsiz-ovqatsiz turishni bilasan! Kech bo’lsin men senga ko’rsataman!» – deydi.
Kechqurun esa ko’rsatadi.
Kunduzi ro’za tutadi, kechasi teatrga, kafega, kayfu safoga boradi. Go’yo bu ramazon
dasturi... Bu ramazon dasturi emas, shayton dasturi!.. Kayf-safo dasturi bu! Kunduz
nafsni yengyapti, oqshom nafsiga yengilyapti.
Kunduzi ro’za tutdi, savob qozondi, kechasi teatrga bordi, gunohga botdi. Bo’lmaydi
bunaqasi! Kunduzi olgan kuch-quvvat bilan kechasi ham, ramazondan keyin ham
nafsingni yengishing kerak. Shundagina yaxshi banda bo’lasan.
Seni tarbiyalash uchun kursga qabul qildilar. Nihoyat sen bir kursni bitirding. Qo’lingga
to’pponcha bilan o’qni berib qo’yib, otishni o’rgatadi. Taqir-taqir otib bo’shatasan va har
vaqt mo’ljalni to’g’ri olasan. «Bir oy ta’lim ko’rdi va birinchi sinf o’q otari bo’ldi», –
deydilar. Ramazondan keyin har qancha otmasin, barchasi havoga... Nima bo’ldi, qani
bu bir oylik ta’lim? Komandir qo’lini ko’tarolmaydi, komandir harakat qilolmaydi.
Komandir qarshisidagiga hech narsa qilolmaydi. Har safarida yengilaveradi. Nima bo’ldi
buning ta’limi? Demakki, tutolmadi, o’zida saqlay olmabdi.
Ramazondan unumli foydalanmoq, uni haqiqiy ma’noda o’tkazmoq lozim! Ramazonda
nafsni kunduzi qanday yenggan bo’lsa, kechasi ham shunday yengish kerak! Ramazonda
nafsni yengishni o’rgangandan keyin yil davomida uni yengish joiz! Umr bo’yi Allohning
yaxshi bandasi bo’lish lozim! Taqvoni o’rganib, Allohning sevgili avliyo bandasi bo’lish
lozim! Do’stning do’st oldiga borishi kabi, Mavlono Jaloliddin Rumiy ta’biri bilan aytganda
shabi arusga kirayotgandek borish lozim! O’lim to’y kechasi bo’lishi kerak! Sevinib-
sevinib, ko’zidan pardalar olinib, jannatdagi maqomini ko’rib ketishi kerak inson. Shunga
tayyorgarlik ko’ring!
Ramazon – jannatga tayyorgarlik ko’rish oyi. Ramazon – nafsni isloh etish oyi. Ramazon
– yaxshi musulmon bo’lish oyi.
Alloh taolo barchamizni g’aflat uyqusidan uyg’otib, o’zining xos, orif, ogoh qullaridan
aylasin.
Umrimizni rizosi yo’lida o’tkazishga muvaffaq qilsin! Tavfiqini rafiq aylasin! Husni xotima
bilan oxiratga borishimizni nasib aylasin. Jannatida barchamizni jamoliga musharraf
aylasin.
Bihurmati asrori suratil fotiha.
9 fevral 1995/ 9 Ramazon 1415
Dostları ilə paylaş: