Mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligi mohiyati
Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlamasin mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligidagi mavqei va o`rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Xalqaro iqtisodiy raqobat texnik taraqqiyotning eng muhim omili hisoblanadi va uning ta’sirida ishlab chiqarish, boshqaruv texnologiyalarining doimiy yangilanib borish jarayoni davom etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yangilanadi va sifati ortib boradi.
Raqobatbardoshlik deganda odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal rentabellikni ta’minlovchi narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga bo‘lgan qobiliyati tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, raqobatbardoshlik tovarlar bozori bilan cheklanib qolmay, makroiqtisodiy tavsifga ega hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «o‘z- o‘zidan ayonki, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatbardosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so‘z yuritish mumkin emas».
Tarixan mamlakatlarning raqobatbardoshligi konsepsiyasi milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beruvchi qiyosiy afzalliklari (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo‘lib, ular abadiy emas va takror ishlab chiqarilmaydi. Ushbu raqobat afzalliklari fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integrasiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi.
O‘zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitlarining mavjudligi;
boy tabiiy resurslar va rekreasiya resurslariga egaligi;
boy madaniy-tarixiy merosga egaligi turizmni rivojlantirish imkonini
beradi;
mamlakatning qulay geografik joylashuvi;
O‘zbekiston aholisining mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan mehnat resurslarining mavjudligi.
O‘zbekistonning raqobat jihatdan afzalliklarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ajratish mumkin:
mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta qo‘yilmalar;
aholi o‘rtacha yashash yoshining uzunligi;
mehnat resurslarining raqobatbardoshligi;
mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, qiyosiy afzalliklarga ega bo‘lish bilan birga respublika milliy iqtisodiyotining raqobat afzalliklarini ham rivojlantirish zarur. Mazkur holatda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatbardoshligi va mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Shunday qilib, raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o‘zgaruvchan bo‘lib, inson kapitalining rivojlanishi, innovatsion yuqori texnologiyalar, intellekt bilan bog‘liq va o‘z tabiatiga ko‘ra cheksizdir. Mamlakatning qiyosiy va raqobat afzalliklarini aniq farqlash lozim. Bir mamlakatda qiyosiy va raqobat afzalliklarining integratsiyalashuvi uning global iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini kuchaytiradi.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti erkinlashuvi chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib bormoqda.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog‘liqdir. Ishlab chiqarish hajmining umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo‘ladi. Ushbu holat bazaviy tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilganligi va asosan ichki bozorga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.
Qayd etib o‘tilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro iqtisodiy raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatlarning raqobatbardoshligi qanday aniqlanadi va u nimalarga bog‘liq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar raqobatbardoshligi jihatidan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan?
Raqobatbardoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda firmalarning mavjud sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga ko‘ra tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlaridir deya ta’rif beriladi.
AQSHning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta’minlab beradi. Shuning uchun
dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatbar- doshligini tahlil etish lozim. U mamlakat kompaniyalarining muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‘rtta muhim ko`rsatkichga bog‘liqligini ta’kidlaydi:
ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
talab ko‘rsatkichlari;
yaqin va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar;
raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati mamlakatning raqobatbardoshlik reytingini belgilab beradi.
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi. Mamlakatning raqobatbardoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va qobiliyati. Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti har yili dunyoning yetakchi 47 mamlakatiga raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo‘yicha guruhlangan 8 ta omil bo`yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YAIM hajmi, investisiyalar va jamg‘armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimning barqarorligi; moliya tizimi; infratuzilma; boshqaruvning samaradorligi; fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi; mehnat resurslarining tavsifi.
Mamlakatlar raqobatbardoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlardan biri–bu Jahon iqtisodiy forumining metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida mamlakatning iqtisodiy o‘sishini baholashda o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida raqobatbardoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo‘llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik to‘g‘risidagi ma’ruzasida chop etiladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligini baholash ko‘p sonli ma’lumotlarni yig‘ish, guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini asosiy omillar bo‘yicha hisoblashni ko‘zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi (5.6.-rasm).
Samaradorlikka yo’naltirilgan iqtisodiyot
Samaradorlik ko’rsatkichlari
Oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik
Tovar va xizmatlar bozorinig samaradorligi
Mehnat bozori samaradorligi
Moliya bozorinig rivojlanganligi
Yuqori texnalogiyalar bilan qurollanganlik
Dostları ilə paylaş: |