Differentsiatsiyada xavf tushunchasi
Differentsiatsiya bilan ham bir guruh xavflar bog‘liq:
mahsulot yoki xizmat turlarining o‘ziga xosligi yoki differentsiatsiya amalga oshirilgan korxona imiji orqali iqtisod qilishni afzal ko‘ruvchi xaridorlarni saqlab
qolishda differentsiatsiya o‘tkazuvchi korxona sarf-xarajatlari hamda kam sarf- xarajatli kompaniyalar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada bo‘ladi;
iste’molchilar tajribasi ortgani sari nozik ta’b xaridorlar uchun differentsiatsiya faktori tushunchasi pasayishi mumkin;
odatda sohaning eskirishi jarayonida boqsha bir sohaga taqlid qilish mavjud differentsiatsiyani pasaytiradi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xavflarning dastlabkisi juda muhim sanaladi va qo‘shimcha izohlashni talab etadi. Korxona differentsiatsiyaga erishishi mumkin, lekin bu vaziyatda u narxlar tafovutiga bog‘liq sinovlarga dosh bera olishi lozim. Agar differentsiatsiya strategiyasini amaliyotda qo‘llayotgan korxona texnologik o‘zgarishlar yoki oddiygina e’tiborsizlik natijasida sarf-xarajatlar masalasida kam chiqim korxonalardan orqada qolishi mumkin.
Masalan, mototsikl ishlab chiqarishda Kawasaki va boshqa yapon firmalari Harley- Davidsoni Triumph kabi yirik firmalarga xaridorlarga yanada arzonroq narxlarni taqdim etish bilan hujum qildi.
Dostları ilə paylaş: |