ishini tashlab, namozga chiqadir Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Oisha onamizdan «Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam uylarida ne qilur erdilar?» — deb so‘radim. «Uy yumushlari birlan band bo‘lur
erdilar (Janob Rasululloh xotinlariga yordam bermoqlarini nazarda tutadilar), namozga
chaqirilgan kezda qilayotgan ishlarini tashlab chiqar erdilar»,— dedilar».
45-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o‘qiganlarini hamda ul zotning buyurgan sunnaglarini o‘rgatish niyatidagina odamlarga namoz o‘qib bergan kishi Ayyub raziyallohu anhu: «Abu Qiloba bunday degandi»,— deydilar: «Bizning mana shu
masjidimizga Molik ibn Huvayris kelib: «Men o‘zi namoz o‘qimoqchi bo‘lmasam-da,
sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o‘qiganlarini ko‘rgan
bo‘lsam, o‘shandoq namoz o‘qib berayin»,— dedilar. Men Abu Qilobadan: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam nechuk namoz o‘qir erkanlar?» — deb so‘radim. «Mana bu
shayximiz singari»,— dedi. Shayximiz (keksa odam erdilar), birinchi rak’atda sajdadan
bosh ko‘targanlaridan keyin, ozgina o‘tirib olar erdilar».
46-bob. Olim va fozil kishilar imomlik qilishga haqliroqdirlar Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob bo‘lib qoldilar.
Kasallari kuchaygach: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» —
dedilar. Oisha onamiz: «Abu Bakr ko‘ngli yumshoq kishidirlar, sizning o‘rningizda turib
imomlik qila olmag‘aylar»,— dedilar. Janob Rasululloh: «Odamlarga buyuringiz, Abu
Bakr jamoat oldiga chiqib imomlik qilsin!» — deb qaytarib aytdilar. Oisha onamiz yana
rad qildilar. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoat oldiga chiqib imomlik
qilsin! Siz xotinlar Yusuf alayhissalomning qissasidagi xotinlar singaridirsizlar»,— deb
yana qaytarib aytdilar. Janob Rasulullohning buyruqlarini Abu Bakrga yetkazishdi. Abu
Bakr Janob Rasulullohning hayotliklarida jamoat oldiga chiqib imomlik qildilar».