Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
136
chiqdilar. Abu Bakr jamoatga imomlik qilayotgan erdi. Rasulullohni ko‘rgach, (o‘rin
bo‘shatmak maqsadida) orqasiga tisarila boshladi. Shunda Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam unga: «O’rningdan jilmag‘il!» — deb ishora qildilar. Keyin, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam Abu Bakrning yoniga kelib yonma-yon o‘tirdilar. Abu Bakr Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib tik turib namoz o‘qidilar.
Odamlar ersa Abu
Bakrga iqtido qilib namoz o‘qishdi».
48-bob. Kech qolayotgan imomning o‘rniga o‘tib imomlik qilayotgan odam,
imom kelib qolsa, tisarilib o‘rnini bo‘shatsa ham, bo‘shatmasa ham, namoz joiz
bo‘ladir
Sahl ibn Sa’d naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr qabilasi nizosini
tinchitmoq uchun ketgan erdilar. Namoz vaqti bo‘lib qolgach, muazzin Abu Bakrga kelib:
«Takbir aytayinmi?» — dedi. Abu Vakr: «Mayli»,— dedilar. Abu Bakr jamoatga imomlik
qilib turganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar. Odamlar
safdan joy
berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birinchi safga kelib turdilar. Odamlar Abu
Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chaldilar. Abu Bakr payqamadilar. Odamlar
qattiqroq chapak ura boshladilar. Shundagina Abu Bakr
Janob Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamning kelganlarini ko‘rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«O’rningda turg‘il!» — deb ishora qildilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning (ishonch bildirib) «Joyingda turaverg‘il!» — deb
buyurganlaridan xursand bo‘lib, Ollohga hamd aytib, ikki qo‘llarini tepaga ko‘tardilar-da,
orqalariga tisarilib, birinchi safga turib oldilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
joylariga o‘tib jamoatga imomlik qildilar. Namoz tugagach, Abu Bakrga:
«Buyurganimdan so‘ng nechun joyingizda turavermadingiz?» — dedilar. Abu Bakr:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida namoz o‘qimoqqa Abu Bakrning
haqqi yo‘qdir!» — deb javob berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ne bo‘ldi
sizlarga, ko‘p qarsak chaldingiz? Kimki namozda biror narsani ko‘rg‘aydir, tasbih
(subhonalloh) aytsin,
tisbih aytsa, unga qaraydilar. Chapak chalmoq ersa xotinlarning
ishidir»,— dedilar».
Dostları ilə paylaş: