Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
189
chaqasiga go‘sht g‘amlab beribdir, qurbonlik qilmabdir»,-dedilar.
Shunda ansoriylardan
Abu Burda degan sahoba: «Yo Rasululloh, namozga kelishimdan avval qo‘y so‘yib erdim.
Menda yana ikki yoshga yetmagan bir echkicha bordir, ikki yashardan ham ko‘rkamroq,
shuni qurbonlik qilsam bo‘lg‘aydirmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«O’rniga o‘shani qurbonlik qila qolg‘il, lekin sendan
boshqa hech kimga bu ruxsat
ztilmaydir!» -dedilar».
9-bob. Hayitda va haramda qurol ko‘tarib yurmoqning makruhligi
Hasan Basriy: «Hayit kuni sahobai kiromlarga qurol taqib (yokim olib) yurmoq man’
qilingan bo‘lib, dushman xavfi bo‘lgandagina ruxsat qilingandir»,-deydilar.
Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar birlan birga ot minib ketayotganimizda ul
kishining oyoqlarining kaftiga nayzaning uchi kirib qadalib qoldi.
Men otdan tushib
sug‘urib tashladim. Bu voqea Minoda bo‘lgan erdi. Bundan xabar topgan Hajjoj ko‘rgani
kelib: «Nayzani sizga kim tiqqanini bilganimizda erdi!» - dedi. Shunda Ibn Umar: «Siz
tiqdingiz!» - dedilar (Hajjoj suiqasd qilmoqqa buyurgan erdi). Hajjoj: «Qanday qilib?»-
dedi. Ibn Umar: «Qurol olib yurmoq mumkin bo‘lmagan kunda qurol olib yurmoqqa
ijozat berdingiz. Haramga qurol birlan kirmoq mumkqn ermas erdi,
bunga ham ruxsat
berdingiz!» -dedilar».
Sa’id ibn al-Osim: «Otam bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Hajjoj Ibn Umar
huzurlariga kirganda men ham o‘sha yerda erdim. «Ahvolingiz nechuk?» -dedi Hajjoj.
«Yaxshi»,- dedilar Ibn Umar. «Kim nayza urdi sizga?» - dyob so‘radi Hajjoj. Ibn Umar:
«Qurol ko‘tarmoq mumkin bo‘lmagan kunda qurol ko‘tarmrqqa ruxsat bergan kishi
urdi»,- dedilar»,
Dostları ilə paylaş: