QUR’ON TILOVAT QILGANDA SAJDA QILMOQ VA UNING SUNNAT EKANLIGI HAQIDAGI BOBLAR Ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada «An-
Najm» surasini tilovat aylab sajda etdilar, bir mo‘ysafiddan tashqari hamma ul kishi
birlan birga sajda qildi. Mo‘ysafid bir siqim tufroqni (yokim qumni) olib peshonasiga
surtdida, shu menga kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik, men o‘shal mo‘ysafidning
kofirligicha o‘ldirib yuborilganining shohidi bo‘ldim».
1-bob. «Tanziyl us-sajda» surasini tilovat qilib sajda etmoq Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
jum’a kuni bomdod namozida «Alif, lom, mim tanziyl us-sajda» surasini hamda «Va hal
ato ala-l-insoni» suralarini o‘qir erdilar».
2-bob. «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq
buyurilgan bo‘lmasa-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shul surani o‘qib
sajda aylaganlarini ko‘rdim».
3-bob. «An-Najm» surasini tilovat qilib sajda etmoq Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm»
surasini o‘qib sajda qildilar. Qavmning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga
sajda etmagan birorta ham a’zosi qolmadi, faqat bir kishigina bir siqim tufroq (yokim
qum) olib yuziga surtdi-da: «Menga shul ham kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik,
uning kofirligicha o‘ldirilganini ko‘rdim».
4-bob. Musulmonlarning mushriklar birlan birga sajda qilmog‘i Darhaqiqat, mushrik — najasdir! Ul tahorat neligini bilmaydir. Ibn Umar raziyallohu anhu
tahoratsiz ham sajda qilur erdi.
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» surasini
o‘qib sajda aylaganlarida, musulmonlar va mushriklar ham, jinlar va inslar ham sajda
etdilar».