149-bob. Olloh taolo ne’mat ato etgan, tilamchi va ochko‘z bo‘lmagan odam haqida Olloh taolo: «Ularning mol-dunyolarida tilamchi va mahrumlarning (muhtojlarning) ham
haqlari bordir!» - deydir.
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Hazrat Umarning bunday degapini
eshitganman»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga hadya
bersalar, uni mendan ko‘ra muhtojroq odamga beringiz, der erdilar. Shunda Janob
Rasululloh: «Senga bergandan keyin olg‘il-da, axir sen ta’magir ham, gadoy ham
zrmassen-ku! Olg‘il buni, lekin mol-dunyoga xirs qo‘ymag‘il!» - dedilar».
150-bob. Boyish niyatida sadaqa so‘rasa... Hamza otalari Abdulloh ibn Umardan bunday deb eshitgan erkanlar: «Nabiy sallallohu
alayhi va sallam: «Tilamchi, hatto qiyomat kuni (sharmandalig‘, yuzsizlig‘dan) betida bir
parcha go‘sht qolmagan holda Olloh taoloning dargohiga kirib kelsa ham, tilamchiligini
ko‘ymag‘aydir»,- dedilar. Janob Rasululloh yana bunday dedilar: «Qiyomat kuni Quyosh
(Yerga) yaqin kelib, qizdirganda, odamlardan shunchalik ko‘p ter oqg‘aydirkim, hatto
hamma yoqni to‘ldirib, quloqlarining yarmigacha ko‘tarilg‘aydir. Shu ahvolda turib ular
Odam Atoga, so‘ng Musoga, keyin ersa, Muhammad sallallohu alayhi va sallamga
yolborib, yordam so‘rashg‘aydir». Abdulloh ibn Solih shu hadisning davomini Ibn Abu
Ja’fardan eshitib, rivoyat qiladirlar: «Muhammad sallallohu alayhi va sallam Olloh taolo
ularga hukm chiqarsin, deb shafoat aylab, jannat eshigining dastasidan tutg‘aydirlar.
O’shal kuni Olloh taolo Muhammad sallallohu alayhi va sallamga maqtovga sazovor bir
maqom ato etg‘aydirkim, uni barcha mahshardagilar maqtag‘aydir».
151-bob. Olloh taoloning «Odamlardan, bermaganiga qo‘ymay sadaqa so‘rash yaramaydir...» degan oyati kariymasi xususida Qanchadan-qancha boylik bor-u, lyokin Nabiy sallallohu alayhi va sallam aytganlaridek,
«Olloh taolo yo‘lida bir qadam ham qo‘ymakka yaramaydirgan faqirlarga (Ollohning)
beradirgan boyligi yo‘qdir! Olloh taolo ularning qilmishlaridan boxabardir!»
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Miskin, bir yoki ikki marta yegulik bersa, qaytadirgan odam ermasdir, ammo
miskinning boyligi yo‘qdir, u odamlardan hayo qilg‘aydir yoki ularga yopishib olib,
sadaqa so‘ray olmag‘aydir»,- deb aytganlar».
Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Muoviya Mug‘iyra ibn Shu’baga: «Nabiy
sallallohu alayhi va sallamdan o‘zing eshitgan bir hadisni menga yozib yuborg‘il!» - deb
maktub yo‘lladi. Mug‘iyra ibn Shu’ba: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo
sizlarga uch narsani - g‘iybatni, molni isrof qilmoqni va ko‘p sadaqa so‘ramakni man’
qilg‘aydir» - deganlarini eshitganman»,- deb yozib yubordi».
Sa’d ibn Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va