174-bob. Sadaqa hayit namozidan oldin beriladir Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam odamlarga namozga
chiqmasdan avval zakot bermoqni amr qildilar»,- deydilar.
Sa’id Xudriy raziyallohu anhu: «Rasulullou, sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Fitr
hayiti kuni bir so’ taomni sadaqa qilib chiqarar erdik, o‘shanda bizning taomimiz arpa,
mayiz, qurut va xurmodan iborat bo‘lur erdi»,- deydilar.
175-bob. Ozod kishilar va mamluklarning Fitr sadaqasi berishi lozimligi haqida Zuhriy raziyallohu anhu: «Mamluklar uchun, ular sotilganda ham, Fitr hayitida ham
zakot to‘lang‘aydir»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhu va sallam erkak, ayol, ozod shaxs
va mamlukka bir so’ xurmo yoki bir so’ arpa miqdorida fitri ro‘za (yoki fitri ramazon)
bermog‘ni farz qildilar. Odamlar ersa, buning o‘rniga yarim so’ bug‘doy beradigan
bo‘ldilar» ,— deydilar».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar bir so’ xurmo berar erdilar. Madina
ahli, xurmo kam bo‘lganda, o‘rniga arpa berdi. Ibn Umar (uyidagi) barcha katta-kichiklar
nomidan, hattoki mening bolalarim nomidan ham fitri ro‘za berib yuborar erdilar. Fitri
ro‘zani fitri ro‘za yig‘guvchi maxsus kishilarga berar erdilar. Fitri ro‘zani hayitdan bir kun
yoki ikki kun ilgari berar erdilar».
176-bob. Kattayu-kichik fitri ro‘za bermog‘i lozim! Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kattayu-kichikka
hamda ozod shaxs va mamlukka bir so’ arpa yoki bir so’ xurmo fitri ro‘za bermoqni farz
qildilar»,- deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
305
É
Ο
ó
¡
Î
0
«
!
$
#
Ç
⎯≈
u
Η
÷
q