Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə371/490
tarix07.01.2024
ölçüsü3,45 Mb.
#205450
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome\' as-sahih. 1-jild

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
307
8-bob. Madina ahlining miyqoti; ular Zulhulayfaga kelmasdan ilgari tahlil 
aytmaydirlar
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam: «Madina ahli Zulhulayfadan, Shom ahli Juhfadan, Najd ahli Qarndan boshlab 
tahlil aytg‘aydir»,- deganlar. Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning «Yaman ahli 
Yalamlamdan boshlab tahlil aytg‘aydir»,-deganlarini ham bilurmen». 
9-bob. Shom ahlining tahlilgohi
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Najd ahliga Qarn al-Manozilni, Yaman 
ahliga ersa, Yalamlamni miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha yerlar ularga ham, boshqa 
tomonlardan haj va umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlarga ham miyqotdir. Mazkur 
belgilangan joylarga yaqin turadiganlar uchun o‘zlari turgan joy miyqotdir, hatto Makka 
ahli ham shaharning o‘zida ehrom bog‘lag‘aydir». 
10-bob. Najd ahliniyg tahlilgohi
Solimning otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 
miyqotlarni belgilab berdilar»,- deb aytgan erkanlar. 
Solim ibn Abdulloh otalaridan eshitgan hadisni rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Madina ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Mahya’a, ya’ni Juhfani, Najd 
ahliga Qarnni miyqot qilib belgilab berdilar». 
Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Yaman ahliga Yalamlamni miyqot qilib 
belgilab berganlarini aytishg‘aydir, lekin men o‘zlaridan eshitmaganman» ,— deydilar. 
11-bob. Miyqotlari bo‘lmaganlarning tahlilgohlari
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Madina 
ahliga Zulhulayfani, Shom ahliga Juhfani, Yaman ahliga Yalamlamni, Najd ahliga Qarnni 
miyqot qilib belgilab berdilar. O’sha miyqotlar ularga ham, boshqa tomonlardan haj va 
umra qilmoqni ixtiyor aylab kelganlar uchun ham miyqot vazifasini o‘tag‘aydir. Mazkur 
miyqotlarga yaqin turganlar uchun o‘sha o‘zlari turgan yer miyqotdir, hatto Makka ahli 
ham Makkada ehrom bog‘lag‘aydir». 

Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin