Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
333
izlagani chiqdim. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda turganlarini
kurib qoldim. Uzimga-o‘zim: «Xudo haqqi, bu kishi hums (taqvodor) odam bo‘lmasalar,
shu paytda u yerda ne qilar erdilar?!» -deb qo‘ydim (Johiliya
davrida dinni qattiq
ushlagan Quraysh qabilasiga mansub kishilarni «humslar» deb atashgan)».
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Quraysh qabilasiga mansub
muttaqiy kishilar (humslar) va ularning bolalaridan boshqa odamlarning barchasi
yalang‘och tavof qilishar erdi. Humslarning
erkaklari erkaklarga, ayollari ayollarga, ular
yalang‘och tavof aylamasin, deb kiyim in’om etishar erdi.
Ular Olloh taolodan savob
umidida shunday qilishar erdi. Hums kiyim bermagan kishi Ka’bani yalang‘och tavof etar
erdi. Ko‘plab odamlar Arafot tomondan,
humslar ersa, Jam’ (Muzdalifa) tomondan
Ka’baga tavof qilgani kelishar erdi».
Hishom raziyallohu anhu: «Olloh taoloning mana bu «So‘ng, odamlar (Ka’baga) qay
tomondan gavjum bo‘lib kelsalar, sizlar ham o‘shal tomondan gavjum bo‘lib kelingizlar!»
degan oyati kariymasi humslar xususida nozil bo‘lgan ekan,
otam menga shunday
deganlar, otamga ersa, Oisha onamiz aytgan ekanlar»,- deydilar. «Ilgari odamlar
Ka’baga Jam’ tomondan gavjum bo‘lib
kelishar erdi, endi bo‘lsa, ular Arafotga
qaytarildi»,- deydilar Urva raziyallohu anhu.
92-bob. Arafotdan qaytishdagi yurish haqida
Hishom ibn Urva raziyallohu anhuga otalari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men
Usoma huzurida o‘tirgan erdim, undan: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam Arafotdan
qaytishda Hajjat ul-Vido’da nechuk yurar erdilar?» -deb so‘rashdi. Usoma: «Sekin ham
ermas, tez ham ermas, o‘rtacha yurar erdilar, agar odamlar
siyrakroq joyga chiqib
qolsalar, tezlashar erdilar»,- dedi».
Dostları ilə paylaş: