Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
yog‘imni yuvib bo‘ldim, deb o‘ylaganlarida ham sochlarining orasiga panjalarini tiqib,
ustidan 3 marta suv quyib yuvar edilar. So‘ng badanlarining qolgan qismini yuvar edilar.
Men va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikkalamiz bir idishdan suv olib yuvinar
edik».
16-bob. Bir kishi jimo’dan so‘ng tahorat olsa, keyin qolgan a’zolarini yuvsa,
tahoratda yuvgan joylarini qaytadan yuvmasa, joizmi?
Maymuna raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga jimo’dan so‘ng
g‘usl qilmoq uchun suv quydim. O’ng qo‘llariga quyilgan suvni chapiga olib, 2 yoki 3
marta mustahab qildilar. Keyin qo‘llarini yerga
yoki devorga ishqaladilar, 2 yoki 3 marta
yuvib tashladilar, keyin og‘iz
va burun chayqadilar, yuzlarini yuvdilar, ikki bilaklarini
tirsagigacha yuvdilar, so‘ng
boshlariga suv quydilar, keyin butun a’zolarini yuvdilar
(avval tahorat qilgan a’zolaridan tashqari), so‘ngra chetga chiqib oyoqlarini yuvdilar.
Sochiq olib keldim, xohlamadilar. Qo‘llari bilan suvni sidira boshladilar».
17-bob. Agar kishi masjidda turgan vaqtda jimo’dan keyin yuvinmaganligi
esiga tushib qolsa, shu ahvolda masjiddan chiqib ketadimm yoki tayammum
qiladimi?
Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Namozga
takbir aytildi, saflar to‘g‘rilandi. Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam jamoat oldiga chiqdilar. Musallolariga (namozgohlariga)
kelganlarida junub ekanlari eslariga tushib qoldi. Shunda bizga: «Joyingizda tura
turingiz!»—deb qaytib kirib ketdilar. Bir ozdan so‘ng sochlaridan suv tomganicha chiqib
keldilar.
Keyin takbiri tahrima aytdilar, biz u kishi bilan birga namoz o‘qidik».
Dostları ilə paylaş: