Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
«Kimki namozining bir rak’atini o‘qib ulgurmasligini fahmlab qolsa, uni o‘qib tugatsin!»—
dedilar».
29-bob. Tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha namoz o‘qilmaydir
Hazrat Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va
sallam tong otgandan keyin
quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib bo‘lguncha namoz o‘qimakni
man’ qildilar»,— deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Quyosh chiqayotgan va botayotgan vaqtda o‘qigan
namozingizdan savob umid
qilmangiz!» — deb aytgan erkanlar,
Ibn Umar raziyallohu anhuning yana bir boshqa rivoyatlariga ko‘ra,
Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam: «Agar quyosh yuzidan pardasini olayotgan ersa, butkul olib bo‘lg‘uncha
yokim
parda tortayotgan ersa, butkul tortib bo‘lg‘uncha namozingizni kechiktiringiz!» —
deb aytgan erkanlar.
Abu Hurayra raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
ikki xil kelishuvni, ikki xil kiyim kiymakni va ikki namozni o‘qimakni man’
qilgan
erkanlar: tong otgandan keyin quyosh chiqib bo‘lguncha va asrdan keyin quyosh botib
bo‘lguncha namoz o‘qimak; badanga yopishib turadirgan va badani ko‘rinib turadirgan
kiyimlarni kiymak;
birov birlan til biriktirib, dushmanlik hamda aloqa qilmak.
Dostları ilə paylaş: