Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
347
nomiga qasam ichib ayturmenkim, bu yer Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga
«Baqara» surasi nozil bo‘lgan joydir!» -dedilar».
136-bob. Yettita tosh otmoq haqida
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Jamrai Kubroda
bo‘lganimda Ka’bani
chap tomonimda, Minoni ersa, o‘ng tomonimda qoldirib, yettita tosh
otdim, «Baqara» surasi nozil qilingan zot - sallalloxu alayhi va
sallam ham shu tariqa
tosh otganlar».
137-bob. Ka’bani chap tomonida qoldirib, Aqaba jamrasini otish to‘g‘risida
Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan
birgalikda haj qilganimda, u kishining Jamrai Kubroni yettita
tosh otmoq birla ado
etganlarining guvohi bo‘ldim. O’shanda u kishi Ka’bani chap tomonda va Minoni o‘ng
tomonda qoldirib, tosh otgan erdilar. Ana shul joyda Janob Rasulullohga «Baqara» surasi
nozil bo‘lgan erdi».
Dostları ilə paylaş: