Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
83
erdilar, men ersam hayz holimda u kishining ro‘paralarida o‘tirgan erdim, sajda
qilganlarida ba’zan kiyimlari menga tegib ketar erdi. Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam xumra (xurmo bargidan to‘qilgan joynamoz) ustida namoz o‘qir erdilar».
20-bob. Bo‘yra ustida namoz o‘qimoq hukmi
Jobir va Abu Sa’id kemada tik turib namoz o‘qidilar. Hasan Basriy: «Kemada
ketayotganingda sheriklaringga malol kelmasa, tikka turib namoz o‘qiyverasan va kema
birlan birga aylanavyorasan (qibla qayoqda, deb o‘tirmaysan).
Agar sheriklaringga malol
kelsa, o‘tirib, o‘qiysan»,— deganlar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Buvim Mulayka taom tayyorlab Rasulullohni chaqirdilar.
Janob Rasululloh taomdan yedilar, so‘ng: «Turingiz, namoz o‘qiymiz, men imomlik
qilurmen»,— dedilar.
Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo‘yraga suv sochdim
(tozalamak uchun). So‘ng, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bo‘yra ustiga
chiqdilar. Men birlan bir yetim bola orqalarida turdik. Buvim
ersalar bizning orqamizda
turdilar. Janob Rasululloh ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng namozni tugatib turdilar».
21-bob. Xumra ustida namoz o‘qimoq
Maymuna onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xumrada namoz o‘qir
erdilar»,— deb aytganlar.
22-bob. O’rin-to‘shak ustida namoz o‘qimoqning hukmi
Anas raziyallohu anhu o‘rin-to‘shak ustida namoz o‘qidilar. Anas: «Rasululloh sallalloho‘
alayhi va sallam birlan birga namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz kiyimimiz ustida
namoz o‘qir erdik»,— deydilar.
Oisha onamiz aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ro‘paralarida
yotar erdim, oyoqlarim ersa u kishining qibla tomonlariga uzatiq erdi,
sajda qilgan
vaqtlarida turtar erdilar, men oyoqlarimni yig‘ishtirib olar erdim. Qomatlarini
rostlaganlarida yana uzatar erdim. O’sha vaqtlarda uylar chiroqsiz bo‘lur erdi».
Urva raziyallohu anhu aytib berganlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
ayollarining ko‘rpasida namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa Rasululloh birlan qibla
o‘rtasida janozada tobut qo‘yilgandek uzanib yotar erdilar».
Arrok raziyallohu anhu menga Urva bunday degandi, deydilar: «Janob
Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir erdilar. Oisha onamiz esa (ikkalalari yotadigan)
ko‘rpa ustida Rasululloh birlan qibla o‘rtasida ko‘ndalang bo‘lib yotar erdilar».
Dostları ilə paylaş: