Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
qilib odamlar birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Odamlar va hayyunlar hassalarini chetlab
o‘tayotganini ko‘rdim».
18-bob. Tom, minbar va taxta ustida namoz o‘qimoq hukmi
Imom Buxoriy aytdilar: «Hasan Basriy muz va ko‘priklar ustida, garchi uning tagidan
yoki ustidan yohud oldidan najosat oqib turgan ersa-da, namoz o‘qimoqning zarari
yo‘qdir, fakat namozxon birlan najosat o‘rtasini biror narsa to‘sib
turgan ersa, bas»,—
deydilar. Abu Hurayra masjidning tomida imom bo‘lib namoz o‘qidilar (Shofi’iy va
Hanafiy mazhablarida imom va namozxonlarning namoz o‘qigan joylari biri ikkinchisidan
baland bo‘lmog‘i makruhdir, zarurat tug‘ilgandagina mumkin). Ibn Umar qor ustida
namoz o‘qidilar.
Abu Hazm aytganlar: «Odamlar Sahl ibn Sa’ddan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning minbarlari nimadan qilingan?» — deb so‘radilar. Sahl: «Odamlar orasinda
buni mendan yaxshiroq biladirgan odam qolmadi. U «yulg‘un» degan o‘rmon
daraxtidan
qilingandir, uni falonchining ozod qilingan quli falonchi yasagandir. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam (usta) minbarni yasab olib kelib qo‘ygach, unga chiqdilar-da, qiblaga
qarab: «Ollohu akbar»,— dedilar, odamlar u kishiga iqtido qildilar. Janob
Rasululloh
qiroat qildilar va ruku’ qildilar. Odamlar ham ketlaridan ruku’ qildilar. Keyin, Rasululloh
boshlarini (qadlarini) ko‘tardilar, minbardan tisarilib tushib, yerda sajda qildilar. Keyin,
yana minbarga qaytib chiqdilar-da, qiroat qildilar, so‘ng ruku’. qildilar. Keyin, boshlarini
(qadlarini) ko‘tardilar,
minbardan tisarilib tushib, yana yerda sajda qildilar. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallamning qilgan ishlari mana shu». Imom Buxoriyga Ali ibn
Abdulloh: «Ahmad ibn Hanbal rahimahullohu mendan shu hadis to‘g‘risida, so‘radi»,—
deb aytibdir. Ahmad ibn Hanbal: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
odamlardan balandda turganlar va shu hadisga ko‘ra, imom odamlardan balandda tursa,
zarari yo‘qdir, demoqchimisiz?» — debdi Ali ibn Abdulloh: «Sufyon
ibn Uyaynadan shu
hadis to‘g‘risida ko‘p so‘rashar erdi, siz hech eshitmaganmisiz?» — debdilar Ahmad ibn
Hanbalga. Ahmad: «Yo‘q,— deb javob beribdilar.
Anas ibn Molik aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (hijratning 5-nchi
yili, zulhijja oyi) otdan yiqilib, o‘shanda boldirlari yoki kuraklari shilinib ketgandi. Bir oy
xotinlari oldiga kirmaslikka ahd qilgandilar. Yog‘och ustunli hujralarida o‘tirganlarida
sahobalar u kishini ko‘rgani keldilar. Rasululloh o‘tirgan hollarida imomatga o‘tdilar,
sahobalari ersa tik turgan hollarida namoz o‘qidilar. Rasululloh salom bergach: «Imomga
iqtido qilmoq lozimdir. Shuning uchun imom «Ollohu akbar» deganda siz ham takbir
aytingiz, ruku’ qilsa, siz ham ruku’
qilingiz, sajda qilsa, siz ham sajda qilingiz. Agar tik
turib namoz o‘qisa, tik turib o‘qingiz!»—dedilar (Rasululloh kasal bo‘lganlari uchun ham
butun namoz davomida o‘tirgan hollarida imomlik qilganlar. Sahobalar ersa tik turib
o‘qiyvermasdan o‘zlari bilib iqtido qilavermoqlari kerak erdi). Janob Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam 29 kun deganda oilalari oldiga chiqdilar. Shunda ular: «Siz
bir oyga ahd
qilgan erdingiz-ku?» — deyishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu oy 29
kun (dan iborat)»,— dedilar».
Dostları ilə paylaş: