Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
namoz o‘qir erdik. Shunda ba’zi birimiz sajdagohning qattiq issiqlig‘idan kiyimimizning
bir chetiga (etagi yoki yengini tortib qo‘yib) sajdaga bosh qo‘yar erdik».
24-bob. Poyabzalda namoz o‘qimoq hukmi
Sa’id ibn Yazid aytib berganlar: «Anas ibn Molikdan Janob Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam poyabzal kiyib namoz o‘qirmidilar?» — deb so‘radim, «Ha»,— dedi (poyabzalning
tagi quruq bo‘lsa, unda namoz o‘qimoq mumkin, ammo tagi ho‘l bo‘lsa, najosat
tekkanligi ehtimoli bor, uni yuvmoq lozimdir»,— deydilar Imom Hanifa)».
25-bob. Mahsida namoz o‘qimoq
Hamom ibn Hars aytib berganlar: «Jarir ibn Abdullohni ko‘rdim,
u kishi peshob qildilar,
keyin tahorat oldilar, mahsilariga mash tortib, so‘ng turib namoz o‘qidilar.
Mash tortmoq
to‘g‘risida u kishidan so‘ralganda: «Janob Rasulullohning shunday qilganlarini
ko‘rdim»,— dedilar. Ibrohim raziyallohu anhu: «Jarir ibn Adullohning bu gapi qavmga
juda ma’qul keldi, chunki u eng keyingi sahobalardan erdi»,— deydilar».
Mug‘iyra ibn Shu’ba aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallamga tahorat
uchun suv berdim (u kishi tahorat oldilar). Mahsilariga mash tortib, keyin namoz
o‘qidilar».
26-bob. Namozxon qiyomiga yetkazib sajda qilmasa (namozi qabul bo‘lmaydi)
Abu Voil raziyallohu anhu aytib berganlar: «Huzayfa bir kishining ruqu’ va sajdani
qiyomiga yetkazmay namoz o‘qiganini ko‘rib, u namozini tugatgach: «Namoz
o‘qimading»,—dedi. Keyin,
nazarimda, boyagi odamga: «O’lsang, Muhammad sallallohu
alayhi va sallamning sunnatlarini bajarmay o‘lgan bo‘lursan»,— dedi ham shekilli».
Dostları ilə paylaş: