Microsoft Word Сардарова Klara 404. doc



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#46038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
boshlangich sinf ona tili darslarida ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish









Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari.

    1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari


Boshlang`ich ta’lim O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunini hayotga tadbiq qilishda asosiy o`rinni egallaydi. Binobarin, boshlang`ich ta’limda ona tili o`qitish muhim sanaladi.

Ona tili - nutq: o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish ko’nikmalarini egallash bilan, birinchi navbatda o’z ona tilini o’rganishi zarur. Chunki ona tili bilimdonlikning, aql -idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlarni vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida rol o’ynaydi.

Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi hislatlarni tarbiyalab boradi. Muomala madaniyatini egallaydi.

Ona tili boshlang`ich sinfda asosiy o’rinni egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.

Boshlang`ich sinflarda ona tili mashg`ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  1. O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog`liq holda, ularning ogzaki va yozma nutqini o’stirish.

  2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu ko’nikmalarni malakaga aylantirsh.

  3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to’gri talaffo`zni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash.

  4. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.

  5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy- ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirsh , ularda tabiiy asarni idrok etish ko’nikmasini xosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang`ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va boshlang`ich sinflar ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat xujjati bo’lib, unda o’quv predmetining mazmuni va xajmini, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablarni belgilaydigan bo’ladi. Dastur talablarini o’qituvchi va o’quvchilar bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yul qo’yilmaydi.

Boshlang`ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat: 1.Uqtirish xati.

2.Asosiy qismi.

Uqtirish xatida ona tili predmetining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yul-yuriqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi 4 bo’lim, u har bir sinfda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar ko’rsatilgan. Dasturning bo’limlari: xat - savod o’rgatish va nutq o’stirish «O’qish va nutq o’stirish», «Grammatika, imlo va nutq o’stirish”dan iborat. Har bir bo’lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, «O’qish va nutq o’stirish» bo’limi, «Sinfda o’qish» va «Sinfdan tashqari o’qish»ni sinfda o’qish o’z navbatida «O’qish mavzulari»ni, «O’qish ko’nikmalari»ni, «Matn ustida ishlash» qismlarini o’z ichiga oladi va hokazolar.

Maktabda o`quv predmeti sifatida tilni o`rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so`z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o`zaro ichki borlanishlariga asoslanadi.

Maktablarda ona tili o`rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga quygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo’pqirrali bo’lib, ularpi bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’yaviy-siyosiy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o`z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib pfodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko`nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bulib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yunaltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog’lik, holda amalgga oshiriladi.

Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush to`zilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so`zlarning o’zgarishi gapda so’larning bog’lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so`zning morfemik tarkibiiva so`z yasalish usullari haqidagi (so’z yasalishiga doir); so`zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o’zbek tili to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarning ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so`z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, o’zbek tili kursi((fnetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko`nikma va malakalarni ham o’z ichiga oladi.

Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq xolda o`rganilishi xisobga olinib to`zilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida - elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etkadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni

o’rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Dasturning «Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limi har bir sinfda to’rt qismni o’z ichiga oladi: «Tovush lar va harflar» So’z» «Gap», «Bog’lanishli nutk,». Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1- sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o`qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So`z yasalishiga doir bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqa foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi.

Bog’glanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik vna orfografik materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.

Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi, qurilishi, vazifasi tomonidan o’rganiladi.

Ma’lumki, dars o`quv-tarbiya jarayo-nini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o`qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog’liq.

Darsga qo`yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o`rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo`yilgan talablar quyidagicha bo`ladi:


  1. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bulishiga, tilni o`rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elsmentlarini shakllantirishga alohida ahamiyat bsrish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur axlohiy sifatlar tarbiyalanadi.

Ona tili darslarida o`zbek tiliga muhabbat va so`zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga aloxida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta

tanlanadi. Tilni o`rganish jarayonida leksik-stilistik ishlarga katta, urin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan xam foydalaniladi.



Ona tili o`qitish jarayoni o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarinn shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari xar bir kishi uchun zarur bulgap saranjom-sarishtalik, mustakillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaidi.

  1. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo’naltirilganligi. Yangi material o`rgatiladigan darsnipg logikasi o`rganiladigan til xodisasi va uning lingvistik moxiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum darajada sabab bo’ldi. O`qituvchi bu o`zaro bog`lanishni bilishi va uni uk,uvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishn muhimdir.

Agar dars grammatik bilimlarni mustaxkamlash, orfografik ko`nikmalarni shakllantirish maqsadini o`z oldiga qo’ysa, darsning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo koidasini yaxshilab bilib, o`rganib olishlari uchun bir-ikki mashq kollektiv ravishda bajariladi. O`quvchilar mustakilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashklar urtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan ko`nikmaning xususiyati ham sabab buladi. O`quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bulishi uning maqsadga yunaltirilishini ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o`quv materiallari (shu jumladan, til faktlarini ko`zatish, imlo va nutqqa oid mashqlarnn bajarish uchun tanlanadigai materiallar ham) darsnpng maqsadiga juda mos bulishi zarur.

  1. On a tili darsi, avvalo, o`quvchilar nutq v a tafakkurini o`stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bulishi uchun o`quvchilarda o`z fikrini grammatik tugri, uslubiy anik, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bsra olish ko`nikmasini shakllantirishga karatilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish kursatmasi grammatik matsrialni o`rgatishda o’quvchilar tilimizdagi xar bir so`z turkumi yoki so`z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo’llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq

malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o`stirishga amalda tatbiq etish uchun o`rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o`stirish darsning mazmunida va darsda qullannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.

Grammatik, so`z yasalishiga oid, orfografik materiallarni o`rganishni nutq o`stirish bilan bog`lash o’quvchilar akliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutkini o`stirish jarasni ularnpng tafakkurini. o`stirish bilan bog`liq.

Ona tili darsi o`quvchilar taffakurini o`stirish ustida ishlash maqsadiga yunaltirilganligiga qarab baxolanadi. Bunda muayyan grammatik va orfografik materialni o`rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o`zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi. Masalan, «o`zakdosh so`zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so`zlarning leksik manosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o`zakning mavjudligini) bilish lozim. O`quvchilar tafakkurini o`stirish uchun o`qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning materialini va unn o`zlashtirishda bolalar bajaradigan akliy faoliyat mashklarini ham bslgilab oladi.

O’quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o`quvchilarning til hodisalari o’rtasidagi bog`lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. Boshlang’ich sinf o`quvchilari bunday bog`lanishni bilsalar, nima uchun shunday? surogiga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun paxtakor so`zi kslishik va egalik qo`shimchalari bilan turlanadn, yetishtirdik so`zi esa shaxs-son ko’shimchalari bilan tuslanadi.

Ona tili darslarining foydali bulishiga darsda ogzaki va yozma ishlarni maqsadga muvofik utkazish (darsning taxminan turtdan uch qismini yozma ishlar tashkil kilishi lozim), o’quvchilarning ukuv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o`z vaqtida xatolarning oldini olish va tugrilash, texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko`rsatadi.


    1. Yüklə 0,88 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin